Yonğin 26 iyulga ötar keçasi soat 00:47larda boşlangan. Oqibatda töqayzorning 2000 kvadrat metri yonib ketgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga köra, maydon örab olinib, yonğin bartaraf etilgan. Ofat oqibatida faqat quruq öt yongani aytilmoqda.

Foto: «Özbekiston 24»

Yonğinning kelib çiqiş sabablari hozirça örganilmoqda.

Foto: «Özbekiston 24»

Ma'lumot uçun, «Zarafşon» milliy tabiat boği Özbekistondagi 10 qöriqhona va milliy boğlardan biri bölib, 1975 yilda qöriqxona sifatida taşkil qilingan, keyinçalik milliy tabiat boğiga aylantirilgan.

Boğ maydoni 2352 gektarni taşkil qiladi. Asosiy maqsadi – respublikada yöqolib borayotgan jonzotlar populyatsiyasini tiklaş va saqlaş, boşqa quş va hayvonlar turlarini muhofaza qilişdan iborat. Bu yerda 1995 yildan Buxoro buğusini köpaytiriş işlari olib borilmoqda.