Joriy yilning olti oyida Tojikiston ötgan yilning şu davriga nisbatan elektr energiyasini 324,9 mln. kVt/soat kamroq eksport qilgan.
«Barqi Tojik» milliy elektr kompaniyasi rahbari Mirzo Ismoilzoda jurnalistlar bilan uçraşuvda Tojikistonning elektr energiyasini eksport qiliş körsatkiçining kamayişiga «Norak» suv omboriga kelib quyiladigan suv oqimi kamayişini sabab bölganini aytgan.
Uning sözlariga köra, joriy yil olti oy içida Afğonistonga 546,6 million kVt/soat, Özbekistonga esa 358,3 million kVt/soat elektr energiyasi eksport qilingan.
«Oldinroq Afğonistonga har kuni 320 MVt elektr energiyasi eksport qilingan bölsa, bugungi kunda bu körsatkiç 40 MVt.gaça kamaydi. Özbekistonga ham elektr energiyasi eksporti kamaygan. Umuman olganda, joriy yilning olti oyi davomida elektr energiyasi eksporti ötgan yilga nisbatan 324,9 mln. kVt/soatga kamaygan. Bunga Norak suv omboriga suv beradigan Vaxş daryosida suv oqimining kamayişi va Afğonistonda tarmoqlarning qayta taqsimlanişi bilan boğliq işlar sabab böldi», degan Mirzo Ismoilzoda.
«Barqi toçik» ma'lumotlariga köra, hisobot davrida elektr energiyasini eksport qilişdan tuşgan umumiy miqdor 40 million dollarni taşkil etgan. 23 million AQŞ dollaridan ortiq elektr energiyasi Afğonistonga, 7,2 million dollardan ortiq miqdordagi elektr energiyasi esa Özbekistonga eksport qilingan.
«Sönggi uç oy içida Vaxş daryosida suv oqimi deyarli 30 foizga passaydi. Buning oqibatida «Norak» suv omboriga qöyiladigan suv miqdori ham kamaydi. Sönggi ikki kun içida Vaxşda suv sathi ança kötarildi va bu elektr energiyasini eksport qiliş hajmini oşirişga xizmat qiladi.
Umid qilamiz, kuzda Norakdagi suv sathi eng yuqori körsatkiç – 910 metrga yetadi. Ana şunda biz tölaqonli işlaşga ötamiz va yöqotilgan quvvatlarni örnini tiklaymiz», deyiladi kompaniya tarqatgan xabarda.
Eslatib ötamiz, sönggi kunlarda Özbekistonning turli hududlarida qisqa muddatga elektr energiyasini uzilişi yuz bera boşladi. «Özbekiston MET» AJ axborot xizmati rahbari Uluğbek Örunov respublika böyiça vaqtinçalik elektr ta'minotidagi uzilişlariga qöşni Tojikiston energotizimidan qabul qilinayotgan elektr energiyasi importi hajmining keskin qisqarişi ham sabab bölganini ma'lum qilgan







