Lekin zamonaviy dunyo mamlakatlarida Şri Lankaning sobiq boş vaziri Sirimavo Bandaranaike ilk marta hukumatga rahbarlik qilgan ayol kişi bölganini hamma ham bilavermasa kerak.

Sirimavo Bandaranaike Tseylon boş vaziri lavozimida. 1960 yillar
Foto: Keystone / Hulton Archive / Getty Images

Sirimavo Bandaranaike mamlakat hukumatiga uç muddat boşçilik qildi. 2000 yilda u boş vazirlik muddatini tugatib, yangi parlament uçun ötkazilayotgan saylov kuni 84 yoşida vafot etadi.

1960 yil iyul oyida Şri-Lankada ötkazilgan parlament saylovida Ozodlik partiyasi muhim ğalabaga erişadi. Partiya rahbari Sirimavo Bandaranaike demokratik yöl bilan saylangan dunyodagi birinçi ayol boş vazir böladi.

Öşanda Londonda çop etiladigan Evening News naşri Bandaranaike saylanişini «suffrajistlar orzusi» deb atadi («sufrajistlar» — XIX asrda ayollarga saylaş va saylaniş huquqini beriş uçun kuraşganlar). Öşa paytda Yevropada birorta davlatda hukumat boşliği sifatidagi ayol boş vazir yöq edi. Oradan qariyb 20 yil ötgaç, 1979 yilda Buyuk Britaniyada boş vazirlikka ayol kişi Margaret Tetçer saylanadi.

Umuman olganda, 1960 yildan 2020 yilgaça ötgan oltmiş yil mobaynida 73 mamlakatda ijro etuvçi hokimiyat tepasida ayollar bölgan. Ayni damda dunyoning 16ta davlatida hukumatni ayollar boşqaryapti. 1960 yilda Şri-Lanka boş vaziri bölgan Sirimavo Bandaranaike ayollar orasida ijro hokimiyatini boşqariş uçun saylangan ilk boş vazir edi.

Şahar hokimining qizi, boş vazirning rafiqasi

Sirima Ratvatte 1916 yil 17 aprelda öşa paytda Buyuk Britaniya mustamlakasi bölgan Tseylon (Yevropaliklar Şri-Lankani şunaqa deb ataşgan) orolidagi yirik şaharlardan biri Ratnaputra çekkasida tuğilgan. Uning otasi Barns Ratvatte asilzoda oilaga mansub bölib, siyosatçi edi. U Balangoda şahar hokimi lavozimini mahalliy an'analarga köra xotinining otasidan meros qilib olgan edi. 1915 yilda Tseylonning sönggi mustaqil qismini ham Buyuk Britaniya tarkibiga qöşilişiga sabab bölgan «Kandi konvensiyasi»ni imzolaganlar orasida Ratvatte oilasi a'zolari ham bölgan.