Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 29 avgustda qabul qilingan “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi 678–I-son Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi.
10-modda yangi tahrirda bayon qilinadi. Unda olib chiqiladigan (vaqtincha olib chiqiladigan) va olib kiriladigan (vaqtincha olib kiriladigan) madaniy boyliklarni badiiy ekspertizadan o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Olib chiqiladigan (vaqtincha olib chiqiladigan), olib kiriladigan (vaqtincha olib kiriladigan), shuningdek, vaqtincha olib chiqilganidan keyin qaytarilgan madaniy boyliklar badiiy ekspertizadan o‘tkazilishi shart.
Olib chiqiladigan (vaqtincha olib chiqiladigan) va olib kiriladigan (vaqtincha olib kiriladigan) madaniy boyliklarni badiiy ekspertizadan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Olib kiriladigan (vaqtincha olib kiriladigan) madaniy boyliklar badiiy ekspertizadan o‘tkazilib, belgilangan tartibda ro‘yxatga olinadi.
Vaqtincha olib chiqilganidan keyin qaytarilgan madaniy boyliklar ularning tarkibi, soni, sifat tavsiflari vaqtincha olib chiqish huquqini beruvchi hujjat (xulosa)ga mos ekanligini aniqlash maqsadida badiiy ekspertizadan o‘tkaziladi.
Olib chiqiladigan (vaqtincha olib chiqiladigan), olib kiriladigan (vaqtincha olib kiriladigan), shuningdek, vaqtincha olib chiqilganidan keyin qaytarilgan madaniy boyliklarga olib kirish yoki vaqtincha olib kirish huquqini beruvchi hujjat (xulosa) rasmiylashtirilmaydi.
Olib chiqiladigan (vaqtincha olib chiqiladigan) va olib kiriladigan (vaqtincha olib kiriladigan) madaniy boyliklar vakolatli san'atshunos – ekspertlar, san'atshunos – nazoratchilar tomonidan ko‘rib chiqiladi. Zarur hollarda, ekspertizaga yuqori malakali mutaxassislardan iborat bo‘lgan qo‘shimcha ekspertlar jalb qilinishi mumkin.
Qo‘shimcha jalb qilingan ekspertlarning xulosasi tavsiyaviy tusga ega bo‘ladi va madaniy boyliklarni olib chiqish (vaqtincha olib chiqish) huquqini beruvchi hujjat (xulosa)lar berish bo‘yicha uzil-kesil qaror qabul qilishda hisobga olinadi.







