Haftalardan buyon ölimlar qaysi sanada röy bergani oçiqlanmayapti. Rasmiy xabarlarda barça vafot etganlar şifoxonada davolanişi jarayonida mutaxassislar tomonidan «konsultatsiya va konsiliumlar qilingani, davolaş jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgani» alohida ta'kidlanadi.

SSV rasman qayd etgan qurbonlar soni 131tani taşkil etmoqda.

Yakkasaroy tumanida yaşagan va 19 iyulda koronavirus taşxisi qöyilgan 52 yoşli erkak vafot etdi.

Toşkent şahar Yakkasaroy tumanida yaşagan 52 yoşli O.T. (erkak)da joriy yil 19 iyul kuni COVID-19 infeksiyasi tasdiqlangan va Zangiota tumanidagi Respublika ixtisoslaştirilgan köp tarmoqli yuqumli kasalliklar şifoxonasiga yotqizilgan.

Unga COVID-19 infeksiyasining öta oğir keçişi va ikki tomonlama pnevmoniya taşxisi qöyilgan. Kasallik ötkir respirator disstres sindrom, ötkir nafas yetişmovçiligi asoratlari bilan keçgan.

Bemorning ahvoli asosiy kasallik asoratlari hisobiga keskin oğirlaşib, reanimatsion muolajalarga qaramay ötkir nafas va yurak qon-tomir yetişmovçiligidan vafot etgan.

Özbekiston Moliya vaziri örinbosari Yorqin Tursunov 55 yoşida koronavirus asoratlaridan vafot etdi.

Toşkent şahar Mirzo Uluğbek tumanida yaşagan 55 yoşli Yo.T. (erkak)da joriy yil 20 iyul kuni tana harorati kötarilgan va xususiy tibbiyot muassasasi şifokorlarining tavsiyasi asosida uy şaroitida va xususiy şifoxonada davolangan.

27 iyul kuni esa öta oğir holatda Toşkent tibbiyot akademiyasining köp tarmoqli klinikasiga yotqizilgan. Unga COVID-19 infeksiyasining öta oğir keçişi, ikki tomonlama pnevmoniya taşxisi qöyilgan.

Xastalik ötkir respirator distress sindromi, ötkir nafas yetişmovçiligining 3-darajasi, öpka şişi, giperglikemik koma kabi asoratlar bilan keçgan.

Şuningdek, bemor qandli diabet, yurak işemik kasalligi, zöriqiş stenokardiyasi, gipertoniya, arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar bilan ham oğrigan.

Reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin oğirlaşib, ötkir nafas va yurak qon-tomir yetişmovçiligi, öpka şişi, giperglikemik komadan vafot etgan.

Sirdaryo viloyatida 70 yoşli otaxon koronavirus qurboni böldi. U 27 iyul kuni şifoxonaga yotqizilgan.