Manba ma'lumotiga köra, Yorqin Tursunov koronavirus infeksiyasini yuqtirib olişi oqibatida olamdan ötgan.

Soğliqni saqlaş vazirligining sönggi ma'lumotlariga köra, Özbekistonda rasman 127 kişi koronavirusdan vafot etgani qayd etilgan.

1965 yilda Samarqand viloyatining Xatirçi tumanida tuğilgan marhum Yorqin Tursunov 1990 yilda Toşkent xalq xöjaligi institutini tamomlagan. Mutaxassisligi moliyaçi.

Mehnat faoliyatini 1990 yilda Samarqand viloyati Kattaqörğon şahri hokimiyati moliya bölimi aholini ijtimoiy himoyalaşni moliyalaştiriş böyiça nazoratçi inspektor, budjet inspeksiyasi I toifali iqtisodçisi lavozimidan boşlagan.

1993- 2002 yillarda Samarqand viloyati Kattaqörğon şahri hokimiyati moliya bölimi mudiri örinbosari – budjet inspeksiyasi boşliği, keyinçalik bölim mudiri bölgan.

2002-2006 yillarda Navoiy viloyati hokimiyati moliya boşqarmasi boşliği bölib işlagan.

2006-2012 va 2016-2018 yillarda Moliya vaziri örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

2012-2016 yillarda Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirining örinbosari – Ijtimoiy va moliyaviy ta'minot xizmati boşliği bölgan.

Yorqin Tursunov 2018 yilning martida Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi ijro etuvçi direktori lavozimiga tayinlangan.

2019 yil martida esa yana Moliya vaziri örinbosari lavozimiga qaytgandi.