Joriy yilning 25 iyul kuni soat 19:30larda Navoiy viloyati Qiziltepa tumani hududidan ötuvçi 4R-65 avtomobil yölining 3-kilometrida Qiziltepa tumani Arabxona MFYda yaşovçi şaxs öz boşqaruvida bölgan “Neksiya” rusumli avtomaşinada özi bilan bir yönalişda harakatlanib kelayotgan Qiziltepa tumani Konsurun mahallasida yaşovçi piyodani urib yuborgan.
Özbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga köra, natijada fuqaro oğir tan jarohati olib, kasalxonada vafot etadi.
Dastlabki tekşiruvlar natijasida fuqaroning boşqaruv huquqini beruvçi haydovçilik guvohnomasi ham yöqligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan haydovçiga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
“Avtomaşina boşqarişda yetarliça tajribaga ega bölmaslik kimningdir bu dunyoni erta tark etişiga sabab bölişi mumkinligi, şu sababli har bir inson rul boşqaruviga ötirar ekan, boşqa harakat iştirokçilarining salomatligiga javobgarlik hissini köngildan ötkazişini söragan bölardik. Zero, avtohalokatlarning boş sababi yöl qoidalariga amal qilmaslik yoki ularni bilmaslik ekanini unutmang!” - deyiladi ma'lumotda.











