Bayrut portida ammiakli selitra portlagan. Bu haqda Livan içki işlar vaziri Muhammad Fahmiyga tayanib, Al Hadath telekanali xabar berdi.
Şu bilan birga, Al Mayadeen telekanali kuç işlatiş tizimidagi manbasiga tayanib xabar berişiça, "töqqiz yil avval kemalardan biridan musodara qilingan hamda qayta işlaş yoki yöq qiliş uçun portdagi omborda saqlangan portlovçi moddalar portlagan".
"Tört oy avval portda bunday yukni saqlaş juda xavfli ekanligi töğrisida hisobot tayyorlangandi", - degan telekanal manbasi.
Ayrim ma'lumotlarga köra esa, omborda qisqa tutaşuv oqibatida yonğin çiqqan, natijada selitra portlagan.
Ayni paytda Livan poytaxtidagi şifoxonalar jarohatlanganlar bilan tölib ketganligi xabar qilinmoqda. Bir soat içida bitta hospitalga 300dan ortiq kişi olib kelingan.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, portlaş oqibatida qurbon bölganlar soni 40 nafarga yetgan, norasmiy ma'lumotlarda esa qurbonlar ança köpligi – odamlar vayronalar ostida qolib ketgani aytilmoqda.










