Bugun, 5 avgust kuni AOKAda ötkazilgan brifingda Xalq ta'limi vazirligi matbuot kotibi Laylo Rustamova maktablarda masofaviy ta'lim qanday samara bergani haqida ma'lumot berdi.

«Ota-ona nazorati ostida onlayn darslarni kuzatgan va barça vazifalarni vaqtida bajargan bolalarda onlayn ta'limning samarasi sezildi. Biroq bolalarining bilim olişiga bir tomonlama yondaşgan ota-onalar ham uçradi. «Onlayn maktab» loyihasi doirasida erişiladigan natijaga kattalarning ta'siri yuqori hisoblanadi. Sababi bolalar ularning gaplariga quloq soladi va birgalikda dars tayyorlaydi», dedi vazirlik vakili.

Uning aytişiça, onlayn tizimning 2ta eng asosiy foydali jihati tahlil qilingan. Bu hamma bolalarning eng yaxşi öqituvçilardan dars oliş imkoniga ega bölgani va çekka hududdagi öqituvçilarning televizion darslarni ötgan öqituvçilarning tajribasi asosida malaka oşirişgani bilan izohlanadi.

Qayd etilişiça, ötgan öquv yilida «Onlayn maktab» loyihasi doirasida 3 900dan ortiq videodars efirga uzatilgan. Keyingi öquv yili qaysi şaklda boşlanişidan qat'i nazar, «Onlayn maktab» loyihasi davom ettiriladi. 10 avgustdan televizion darslarni suratga oliş işlari boşlanadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Xalq ta'limi vazirligi yangi öquv yilini boşlaş böyiça 3ta ssenariy ustida işlayotgani haqida xabar berilgan edi.