AOKAda bölib ötgan matbuot anjumanida Koronavirusga qarşi kuraşiş ştabi a'zolari, Soğliqni saqlaş vazirligi mutasaddilari tomonidan koronavirus bilan boğliq bugungi vaziyat va davolaşning yangi strategiyasi böyiça ma'lumot berildi.
Tadbirda uy şaroitida bemorda boş oğriği, isitma kabi koronavirus belgilari sezilsa, uyga mobil brigadalarni çaqiriş belgilab qöyilgani, bunday brigadalarning qölida qanday tibbiyot anjomlari va dori vositalari bölişi kerakligi aytildi.
«Maxsus mobil brigada 3 nafar mutaxassisdan iborat böladi: infeksionist, umumiy amaliyot şifokori, zaruratga qarab yoki epidemiolog, yoki Sanitariya epidemiologik osoyiştalik markazi xodimi böladi. U bevosita namuna oliş uçun brigada qöşilgan.
Ular birlamçi tibbiy körik va tez yordam maqsadida keladi. Bunda albatta isitmani ölçaş, öpkani eşitiş uçun fonendoskop, pulsoksimetr va qon bosimi ölçanişi kerak. Bu birlamçi tibbiy yordamning birinçi tamoyillari.
Mobil brigadaning qölida maxsus sumka mavjud. Sumkada xuddi «103»da bölgani kabi tez tibbiy yordam dori vositalari, faqat ozgina qisqartirilgan şaklda.
Har bir klinik belgi, şikoyatga töğri keladigan dori vositalari kiritilgan. Agar mobil brigada taşrif buyurganidan keyin Covid-19’ga oid klinik belgilar aniqlansa, bemorga maxsus dori vositalari solingan quti beriladi. U belgilarsiz yoki yengil keçuvçi ambulator şaroitda davolanadigan bemorlarga tavsiya etilgan dori vositalari.
Bu dori vositalari hukumat tomonidan sotib olinyapti. Bemor buning uçun pul sarflamaydi. U bepul. Hukumat tomonidan davolaş uçun taqdim etilayotgan dorilar töplami», dedi Koronavirusga qarşi kuraşiş ştabi a'zosi Laziz Töyçiyev.










