Tadbirda hozir koronavirus bilan parallel ravişda pnevmoniya ham rivojlanayotgani, pnevmoniya koronavirus bilan birga körilişi, taşxislanişi kerakligi haqidagi savolga javob berildi.

https://ok.ru/videoembed/1618833181375

«Tomoq oğriği, isitma kabi klinik alomatlar bölsa, ana şu belgilar birgalikda keçsa, ular özining yaşaş joylari böyiça poliklinikalariga murojaat qilib, Covid-19’ga tekşirilişi kerak.

Nima uçun? Ba'zi insonlarda oğiz, burundan olinadigan PZR tahlili bir neça kundan keyin olingan bölsa, virus çiqmasligi ham mumkin. Lekin virus öpka töqimasiga ötgan bölişi ham mumkin.

Bu zotiljam deb aytilyapti, lekin buni töğri tuşuntiriş kerak. Bu avvalgidagidek zotiljam emas. Bu öpka töqimasining orasidagi biriktiruvçi töqima, qon-tomirdagi endoteliy qavatining zararlanişi.

Pulmonologlar zotiljamni askultatsiya qilganda eşitadigan bölsa, bu kasallikda fonendoskop orqali eşita olmaymiz. Şuning uçun bunday hollarda raqamli rentgen uskunalaridan foydalanamiz. Agar imkoniyat bölsa, multispiral kompyuter tomografiyasi (MSKT) qilinişi kerak. Hansiraş, yötal, kökrak qafasida qisişlar paydo bölsa, isitma çiqişi va 3-4 kun köproq davom etişida yaşaş joyi böyiça oilaviy poliklinikaga murojaat qilişni tavsiya qilamiz. Umumiy amaliyot şifokori özi körib, tavsiya berişi kerak», dedi Koronavirusga qarşi kuraşiş ştabi a'zosi Nargiza Parpiyeva.

Uşbu savol yuzasidan Koronavirusga qarşi kuraşiş ştabining yana bir a'zosi Laziz Töyçiyev ham öz fikrlarini bildirdi.

«Misol uçun, bemor özini yomon his qildi, nafasi siqa boşladi, zotiljam alomatlari bor. Şunday holatda maxsus test natijasini kutadi.

Natija manfiy bölsa, tuşunarsiz holat yuzaga keladi: bu Covid-19’mi yoki yöqmi? Mana şunday holatlarda yangi çiqqan qöllanmamizda şart qöyilmagan, tahlil topşirib, uning natijasi böyiça Covid-19 aniqlanganda degan sözlarni umuman olib taşladik. Agar bemorda klinik alomatlar bölsa, birinçi navbatda ana şu klinik alomatlarning Covid-19’ga töğri kelmasligini hisobga olamiz, ikkinçi navbatda kasallikning oğirligini belgilaymiz. Şundan keyin ambulator şaroitda uyda yoki poliklinika yoki statsionarda davo muolajalarini boşlaymiz. Musbat yoki manfiy natijaga qaraş yöq. Klinik alomatlar bormi, demak u bemor davolaşga muhtoj», - dedi Laziz Töyçiyev.