2016 yildan buyon Toşkent tibbiyot akademiyasi rektori vazifasida işlab kelgan Töyçiyev Laziz Nodiroviç Özbekiston Respublikasi Prezidentining yoşlar, fan, ta'lim, soğliqni saqlaş, madaniyat va sport masalalari böyiça maslahatçisining birinçi örinbosari vazifasiga tayinlandi.
Tibbiyot fanlari doktori, professor Laziz Töyçiyev bundan avval Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekşiriş instituti direktori va soğliqni saqlaş vaziri örinbosari kabi mas'ul lavozimlarda işlagan. 2020 yilda «Fidokorona xizmatlari uçun» ordeni bilan mukofotlangan.
Eslatib ötamiz, Toşkent tibbiyot akademiyasi rektori etib soğliqni saqlaş vaziri lavozimida işlab kelgan Alişer Şodmonov tayinlandi.
Vazirlik xabariga köra, Şodmonovga akademiyani kelajakda sohada rejalaştirilgan islohotlarga lokomotiv vazifasini bajaradigan öquv yurtiga aylantiriş, akademiya misolida milliy tibbiy ta'limni xalqaro miqyosga kötariş kabi muhim vazifalar yuklatilgan.
- 3 noyabr kuni, şuningdek, prezidentning yoşlar, fan, ta'lim, soğliqni saqlaş, madaniyat va sport masalalari böyiça maslahatçisi örinbosari vazifasida işlab kelgan Amrillo Inoyatov soğliqni saqlaş vazirining birinçi örinbosari etib tayinlandi.
- Öz navbatida, vazirning birinçi örinbosari lavozimida mehnat qilgan Abduhakim Hojiboyev soğliqni saqlaş vaziri sifatida iş boşladi.

















