Qanday maktab deysizmi?

Mazkur maktabga 2017 yil asos solingan bölib, u sifatli ta'lim va zamonaviy yondoşuvlar uyğunligida faoliyat olib boradi. Barça sinf öquvçilari (1-sinfdan 11-sinfgaça)ga innovatsion pedagogik darslar taqdim etiladi. Şuningdek, öquv dargohida öğil va qizlarning tarbiyaviy axloqiga alohida urğu beriladi.

Darslar faqat rus tilida olib boriladi va köproq amaliy maşğulotlar ötkaziladi. Şuningdek, öquvçilar soğligi doimo logoped, şifokorlar va hamşiralar nazorati ostida böladi.

Öquv darslarini olib boriş uçun malakali mutaxassislar jalb etilgan bölib, çet tili fanlari yuqori malakaga ega bölgan çet ellik öqituvçilar tomonidan ötiladi.

Nima uçun ota-onalar bizni tanlaşmoqda?

Maktabda barça fanlardan taşqari:

  • Nemis tili
  • Mental arifmetika
  • Koreys tili
  • Logoped körigi
  • Robototexnika
  • Ingliz tili
  • Xoreografiya
  • Sport tögaraklari ham mavjud.

Maktabimizning yana qulaylik tomonlaridan biri – öquv jarayonlarini bevosita internet orqali kuzatiş imkoniyati borligidadir. Maktabda elektron jurnallar yuritiladi. Ota-onalar dunyoning istalgan burçagidan turib Telegram-bot orqali öz farzandining har kunlik olgan bahosini nazorat qilişi mumkin.

Öquvçilarining qobiliyati va şijoatiga qarab, jahon olimpiadalarida qatnaşiş imkoni taqdim etiladi. Bir söz bilan aytganda, uşbu ta'lim muassasada har bir öquvçini kasbga yönaltiriş, ularni har tomonlama savodxon qilib tarbiyalaş – eng asosiy vazifadir.