Quriliş sohasida tez-tez xato-kamçiliklarga oid murojaatlarga duç kelamiz. Aynan yangi qurilgan namunaviy uylardagi kamçiliklar ham bir neça bor yoritilgan. Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi holatning boşqalardan farqi şuki, fuqaro kamçiliklar bartaraf etilmagunça uyni qabul qilmaslikka ahd qilgan. Quriliş korxonasi ham aftidan «öjar» ekan, fuqaro aytgan kamçiliklar bartaraf etilmagan, öşa dalolatnomasiz ham işni töxtatgan körinadi.

Tumanning «Nurbuloq» mahallasida 2013 yil qurilgan namunaviy uy egasi Abdumömin Qobilov ana şu haqda 7 yildan beri turli idoralarga murojaat qiladi.

Uning murojaatiga köra, uy qurilgaç, foydalanişga topşiriliş e'lon qilingan vaqtda kelib uyni körib kamçiliklarga guvoh bölgan va e'tirozlarini bildirgan. Xususan, A.Qobilov uyning içki va taşqi devorlari notekis va sifatsiz suvoq qilingani, hovli devorlarining bir qismi suvoq qilinmagani, pollar sifatsiz örnatilgani, loyiha-smetasida körsatilgan vanna, gaz plitasi, suv isitkiç, unitaz va lyustralar örnatilmaganidan norozi bölgan.

«Qator idoralarga murojaat qilaverganimdan söng, 2016 yil tuman hokimligiga meni va quriliş korxonasi — «Xavas IUS» vakillarini çaqirişdi. Masala muhokama etildi va quruvçi kamçiliklarni bartaraf etişni gardaniga oldi.

Ammo şundan keyin ham oradan tört yil ötdi. Bu orada ham qator idoralarga murojaat qildim. 2019 yilda muammo yuzasidan viloyat prokuraturasiga qilgan murojaatim tuman prokuraturasiga yuborilibdi, tuman prokuraturasi esa murojaat qonuniy hal etiş va natijasi haqda murojaat egasiga ma'lum qiliş uçun arizamni tuman hokimligiga yuboribdi. Tuman hokimligi esa muammoni bartaraf ham etmadi, bartaraf etmagaç, tabiiyki menga javob xati ham yubormadi.

Haqiqatan ham uy 7 yildan buyon fuqaroga topşirilmaganmi? Masalaga oydinlik kiritiş uçun Nurobod tuman hokimligiga vakillaridan izoh söradik. Hokimlik taqdim etgan ma'lumotda fuqaroga uyi topşirilgani, 2015 yilda uning uyga egalik qiliş töğrisida hokim qarori ham çiqarilgani ma'lum qilingan. Ammo quruvçi yoki buyurtmaçi (Samarqand viloyat «Qişloq quriliş invest» injiniring kompaniyasi) va fuqaro örtasida qabul qiliş-topşiriş dalolatnomasi imzolanganmi yöqmi? Ana şu savolga hokimlikdan ham aniq javob ololmadik.