Samarqandda yuk maşinasida yonğin çiqib, ağdarilişi oqibatida haydovçisi halok böldi. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, hodisa 6-avgust kuni soat 16:00 larda Nurobod tumani Mehnatkaş mahallasi hududidan ötuvçi A-378 avtomobil yölining 35-kilometrida, Samarqand-Qaşqadaryo yönalişida sodir bölgan.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, harakatdagi MAN rusumli yuk avtomobili kabinasining salon qismida tösatdan yonğin çiqqan.

Haydovçi transport vositasini töxtatişga uringan vaqtda boşqaruvni yöqotgan. Oqibatda yuk avtomobili yölning çap tomonidagi beton tösiqqa urilib, ağdarilgan.

Yöl-transport hodisasi oqibatida haydovçi turli darajadagi oğir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Nurobod tumani IIB TB tomonidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.