Gruziya hukumatining 2008 yilda Jaubiy Osetiya va Abxaziyaga nisbatan qilgan harakatini Rossiyaga qarşi uruş e'lon qiliş deb baholaş mumkin. Rossiya xavfsizlik kengaşi raisi örinbosari Dmitriy Medvedev «VKontakte»dagi sahifasida yozdi.
«Aslida, Rossiya Federatsiyasiga uruş e'lon qilinişi töğrisida gap borgan», — deb yozdi u.
Medvedev Gruziyaning öşa paytdagi rahbari Mixail Saakaşvilining harakatlarini «jinoyatkorona» deb baholadi.
«Öşanda murakkab, lekin yeçim böladigan yagona qarorni qabul qilganman —Abxaziya va Janubiy Osetiyani tajovuzdan himoya qiliş, söngra esa ular fuqarolarining iltimosiga binoan töla mustaqilligini tan oliş», — dedi siyosatçi.
Janubiy Osetiyadagi qurolli nizo 12 yil avval sodir bölgandi. 2008 yil 8 avgustda Gruziya hududga qöşinlarini olib kirgan. Öşanda Rossiya prezidenti bölgan Medvedev javob sifatida «tinçlikka majburlaş» operatsiyasi ötkazilişini e'lon qilgan.
Beş kun davom etgan qarama-qarşilikdan söng Gruziya harbiylari hududdan siqib çiqarilgan, Rossiya harbiylari Gruziyaga kirib borgan va Tbilisi yaqinida töxtagan.
12 avgust kuni Medvedev operatsiya yakunlanganini e'lon qilgan. Avgust oxirida esa Rossiya Janubiy Osetiya va Abxaziyaning mustaqilligini tan olgan.
Rasmiy statistikaga köra, töqnaşuvlar davomida Gruziyadan 170 harbiy halok bölgan, 2 mingga yaqini jarohatlangan. Rossiya tomonidan 64 askar halok bölgan va 291 nafari yaralangan.








