Oliy Majlis Senatining videokonferensaloqa tarzida oltinçi yalpi majlisi bölib ötdi. Unda köplab dolzarb masalalar körib çiqildi.

Majlisning rasmiy qismiga ötişdan oldin Senat qömitasi tarkibiga özgartiş kiritilgani haqida ma'lumot berildi.  

Jumladan, yaqinda Senatning Fan, ta'lim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasi raisi Robaxon Mahmudova Özbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinçi örinbosari lavozimiga saylangan edi.

Mazkur qömita raisligiga şu paytga qadar Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qömitasi raisining örinbosari lavozimida işlab kelgan senator Odiljon Iminov saylandi.

Odiljon Karimoviç professor. Uning Senatdagi, xususan, Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari, agrar suv xöjaligi masalalari va ekologiya qömitalaridagi faoliyati samarali bölgan.

O.Iminovning Fan, ta'lim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasi raisi sifatidagi faoliyati ham sermahsul bölişiga işonç bildirildi, deyiladi Senat axborot xizmati xabarida.