Gruziya va Rossiya örtasida sodir bölgan uruşning sabablarini biroz avvalroqdan qidiriş kerak. 2008 yil 5 yanvarda Gruziyada prezidentlik saylovi bilan birgalikda mamlakatning NATOga qöşilişi masalasida ham referendum ötkaziladi. Prezident saylovida amaldagi prezident Mixail Saakaşvili ğalaba qozonadi. Referendumda esa unda qatnaşganlarning 77 foizi NATOga qöşiliş uçun ovoz berdi.

Fevralda Saakaşvili NATOning öşa paytdagi boş kotibi Yaaap de Xoop Sxefferga Gruziya alyansga a’zo böliş uçun muzokaralarga tayyorligini ma’lum qilib, maktub jönatadi. Bu esa tabiiyki hududning «katta oğasi» Rossiyaga yoqmaydi. SSSR tarqab ketganidan söng NATOning çegaralari şimolda, Boltiq böyi respublikalari va Polşa orqali Rossiya çegaralariga kelib taqalgani özi şundoq ham Rossiya rahbarlarining ğaşiga tegib kelayotgandi. Şunday holatda «burnining tagi»dagi Gruziyaning ham NATOga qöşiliş uçun harakat qilişi Rossiyaning nazdida oşiqça edi. Şu tufayli 2008 yil 6 mart kuni Rossiya Gruziyaning NATOga a’zo böliş haqidagi rejalariga javoban MDH doirasida 1996 yil 19 yanvarda qabul qilingan «Gruziya-Abxaziya mojarolarini tartibga soliş» haqidagi kelişuvdan çiqqanini ma’lum qiladi.

Rossiyaning bu qarori Gruziya uçun biroz tahlikali edi. Sababi Rossiya Gruziyaning rasmiy Tbilisiga böysunişni xohlamagan hududlari Janubiy Osetiya va Abxaziya aholisiga Rossiya pasportlarini avvaldan berib kelayotgan bölsa, endi bu işni tezlaştirişi ehtimoli bor edi. Amalda şunday böladi ham. Rossiya oçiqçasiga bu ikki respublika aholisiga öz pasportini bera boşlaydi. 2008 yil yoziga kelib Abxaziya va Janubiy Osetiya aholisining aksar qismida Rossiya pasportlari bor edi.

Şu örinda Rossiyaning asosiy maqsadi 2004 yilda Saakaşvili hokimiyat tepasiga kelgandan söng özi bilan aloqalarni sovuqlaştirib yuborgan Gruziyadan öç oliş bölgani oydinlaşadi. Çunki Gruziya har qança referendum ötkazmasin, muzokara boşlaş uçun boş kotibga maktub jönatmasin, NATO uni heç qanaqasiga öz safiga qöşmas edi. Çunki NATO safiga qöşiliş uçun nomzod davlatning nafaqat qöşnilari bilan, balki mamlakat içida ham hududiy mojarolari bölmasligi kerak. Ukraina va Gruziya şu jihatdan NATOga kira olmaydi.

Şu örinda bir misol: sobiq Yugoslaviyadan mustaqil bölib çiqqan Makedoniya NATOga a’zo böliş uçun murojaat qilganiga köp yillar bölgan edi. Gretsiyaning birgina «Makedoniya bizning viloyat nomi, şu uçun sen öz nomingni özgartirasan», deb qöygan talabi ortidan NATO Makedoniyani avval Gretsiya bilan kelişib olişga çaqirib, uzoq yillar öz safiga qöşmay keladi. Oxiri Makedoniya yon berdi va Gretsiya bilan kelişib, öz nomini Şimoliy Makedoniya deb özgartirdi. Şundan söng NATO bu davlatni öz safiga qöşib oldi.

Rossiyada esa NATO hududiy mojarolar sabab Gruziyani öz safiga qöşmasligini yaxşi bilişardi. Rossiyaning «Gruziya-Abxaziya mojarolarini tartibga soliş» haqidagi kelişuvdan çiqib ketgani va bu ikki respublika aholisiga öz pasportini tarqatişi esa Saakaşvili va Gruziya hukumatiga yuborilgan «alangali salom» edi.