Çempionlar ligasi. 1/8 final. Javob öyini
Barselona — Napoli — 3:1 (3:1)
Gollar: Langle, 10 (1:0). Messi, 23 (2:0). Suares, 45+1 — penalti (3:0). Insine, 45+5 — penalti (3:1).
«Barselona»: ter Ştegen, Semedu, Pike, Langle, Jordi Alba, Serji Roberto, Rakitiç, de Yong, Messi, Suares (Firpo, 90+2), Grizmann (Monçu, 84).
«Napoli» (Neapol): Ospina, Di Lorenso, Manolas, Kulibali, Mariu Ruy, Demme (Lobotka, 46), Zelinski (Losano, 70), Ruis (Elmas, 79), Kalexon (Politano, 70), Mertens, Insine (Milik, 79).
Ogohlantirişlar: Zelinski, 60. Suares, 90+2.
Hakam: Junayt Çaqir (Turkiya).
8 avgust. Barselona. «Kamp Nou» stadioni.
Birinçi öyin — 1:1.

Bolalar boğçasi
«Barselona» öz muxlislariga OAV orqali özi haqida yangidan yangi xabarlarni yetkazişdan töxtamayapti. Gohida murabbiy almaşişi haqidagi mojarolar, gohida Messining şartnomasi va uning kelajagi böyiça noaniqliklar, gohida Jozep Bartomeuning navbatdagi xato qarorlari...

Şunday xabarlardan biri — yarimhimoyaçi Artur jamoaga qaytişdan boş tortgani bilan boğliq. Braziliyalik bu futbolçi özini Pyaniçga almaştirişgani uçun xafa böldi va mavsum yakunidagi öyinlarda maydonga tuşmaslikka qaror qildi. Sönggi lahzalarda u baribir Braziliyadan Barselonaga uçdi, koronavirusga test topşirdi va «Kamp Nou»ga yöl oldi. Ammo uni stadionga kiritişmadi.

Buskets va Vidal diskvalifikatsiya qilingan. Dembele va Umtiti jarohatda. Kike Setenning ixtiyorida jami 13 (!) futbolçi qolgandi. Butun dunyoga öz akademiyasi bilan maşhur bölgan jamoada YeÇL öyiniga tuşişga tayyor bölgan atigi ön uç futbolçi... Şifokorlar sönggi pallalarda Langlega öynaşga ruxsat berişdi. Bunday vaziyatda murabbiy hali yoş bölgan Ansu Fati va Puçga tayanişi mumkin edi (u bu futbolçilarni ikkinçi bölimda öynatişni rejalaştirdi, ammo bunga hojat qolmadi), şuningdek, hali xalqaro turnirlarda biror öyin ötkazmagan akademiya futbolçilari çaqirildi. Haqiqiy bolalar boğçasi.

Mehmonxonadagi izolyatsiya
Jyennaro Gattuzoda jiddiy muammolar yöq edi. Birgina Insinening maydonga tuşişi söroq ostida edi.