Manbaning sözlariga köra, Şamuratov mansabga sovuqqonlik bilan qaragani, mahallalar bilan işlamaganligi va muhtojlar röyxatini şakllantirişda tizimli iş taşkil qilmaganligi sababli işdan böşatilgan.

Tuman hokimining birinçi örinbosari lavozimida işlayotgan Murod Isaboyev Sergeli tumani hokimi vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib tayinlangan.

Baxtiyor Şamurtov Toşkent davlat agrar universiteti (1999) va Özbekiston DSQ Soliq akademiyasi (2002) bitiruvçisi.

U 1999-2012 yillarda soliq qömitasida turli lavozimlarda işlagan, 2012-2014 yillarda Toşkent Kapital quriliş boşqarmasida işlagan, 2014-2018 yillarda Sergeli tumani hokimi örinbosari bölgan, 2018 yil davomida Toşkent turizmni rivojlantiriş departamenti direktori bölgan, 2018-2019 yillarda Yakkasaroy tumani hokimi lavozimida faoliyat körsatgan, 2019 yil sentyabridan buyon Sergeli tumani hokimi sifatida işlab kelayotgandi.