Bu haqda kompaniya asosçisi Ley Tszyun Weibo ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida gapirib berdi. Tadbirkor buning sabablarini tuşuntirar ekan, yangi smartfonni işlab çiqariş uçun köproq vaqt zarurligini ta'kidladi.
Xiaomi kompaniyasi bozordagi eng qimmat devayslardan biri bölişi kutilayotgan Mi Mix Alpha smartfonini 2019 yil kuzida ommaga taniştirgan edi. Tszyun sözlariga köra, bu faqat tadqiqot loyihalaridan biri bölgan va u öz maqsadiga erişgan.
Şuningdek, Xiaomi kompaniyasi Surge protsessorlari loyihasini ham yopganini e'lon qildi. Tadbirkor uni işlab çiqariş jarayonida ba'zi qiyinçiliklarga duç kelganini, ammo kelajakda bu loyihaga albatta qaytişini ta'kidladi.
Konseptual dizaynga ega Mi Mix Alpha smartfoni ekrani korpusining 180 gradus yuzasini egallaşi, ya'ni deyarli ikkitomonlama bölişi rejalaştirilgandi. Snapdragon 855+ protsessori, 12 gigabayt operativ xotira va 512 gigabayt örnatilgan xotira, 108 megapikselli Samsung kamerali smartfon 20 ming yuan yoki 3000 AQŞ dollari qiymatiga baholanayotgandi.












