Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev şu yil oxirigaça Janubiy Koreyaga amaliy taşrif bilan borişi mumkin. Bu haqda öz manbasiga tayanib The Korea Times xabar tarqatdi.

Manba ma'lumotiga köra, ayni paytda ikki mamlakat örtasida erkin savdo bitimi imzolaş masalasi körib çiqilyapti, buning iqtisodiy ta'siri örganilmoqda.

Özbekiston boş vaziri örinbosari – investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov 6-8 iyul kunlari Seulda bölib qaytgan, Koreya Respublikasi hukumati a'zolari va boşqa qator rasmiylar bilan bevosita uçraşuvlar ötkazgan edi.

The Korea Times xabarida pandemiya tufayli köplab taşriflar bekor qilingan bölsa-da, Özbekiston tomoni delegatsiyasining mazkur rasmiy safari amalga oşgani öziga xos ma'noga ega ekani ta'kidlangan.

Eslatib ötamiz, uşbu taşrif davomida onlayn tarzda Özbekistonning JSTga kirişi böyiça işçi guruhning 4-yiğilişi bölib ötgandi – mazkur işçi guruhning 3-yiğilişi 2005 yilda ötkazilgan.

Özbekiston JSTga a'zo böliş harakatlarini qaytadan boşlaşi 2017 yil noyabrda – prezident Şavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga davlat taşrifi çoğida ma'lum bölgan edi. Rasmiy Seul JSTga a'zo bölib kiriş jarayonida Toşkentni faol qöllab-quvvatlaşi ta'kidlangan.

Ötgan yilning aprelida Koreya Respublikasi prezidenti Mun Çje In Özbekistonga uç kunlik davlat taşrifi bilan kelgan edi. 

Ma'lumot uçun, Janubiy Koreya – Xitoy, Rossiya va Qozoğistondan keyin Özbekistonning törtinçi eng yirik savdo hamkori sanaladi. 2020 yilning 1-yarim yilligida Özbekiston taşqi savdo aylanmasining 7,3 foizi Koreya Respublikasiga töğri kelgan.

Yarim yil mobaynida Koreyadan Özbekistonga 925,7 mln dollarlik mahsulot kirib kelgan bölsa, Özbekistondan Koreyaga 17,8 mln dollarlik tovar eksport