Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat taşrifi mobaynida ikki mamlakat hukumatlari örtasida Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga qabul qilinişida, xususan, mazkur taşkilotga a'zo bölişning natijasini baholaş, milliy qonunçilikning JST kelişuvlari talablariga mosligi ekspertizasi hamda texnik, konsultativ va manfaatdor vazirlik va taşkilotlarga mutaxassislar kömagini beriş yöllari orqali Koreya Respublikasining qöllab-quvvatlaşi böyiça memorandum va Yöl xaritasi imzolandi.

Özbekistonda taşqi savdodagi hamkorlikning ilğor şakllarini joriy etiş, taşqi savdo operatsiyalarini ötkaziş va eksportni rağbatlantiriş bilan boğliq tartib-qoidalarning yengillaştirilişi maqsadida tomonlar ilğor koreys tajribasi asosida Özbekiston Respublikasi elektron savdo Milliy platformasini yaratiş töğrisida kelişuvga erişdilar va mazkur şartnoma ijrosining amalda tatbiq qilinişi böyiça muvofiq Yöl xaritasi tasdiqlandi.

Eslatib ötamiz, joriy yil 10 noyabr kuni Samarqand şahrida ötkazilgan «Markaziy Osiyo va Yevroittifoq» körinişidagi vazirlar uçraşuvidan söng Federiko Mogerini Qozoğiston, Turkmaniston va Tojikistonning Butunjahon savdo taşkiloti a'zoligiga kirganini e'tirof etgandi. Yevropalik siyosatçi uşbu yönalişda Özbekiston va Turkmanistonning faolligini köriş umidida ekanini bildirgan.