Prezident Şavkat Mirziyoyev va Prezident Mun Çje In Özbekiston – Janubiy Koreya biznes-forumining oçiliş marosimida iştirok etişdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Özbekiston bilan Janubiy Koreya işonçli va uzoq muddatli investitsiyaviy hamkorlardir. Mamlakatimiz iqtisodiyotidagi  Koreya investitsiyalarining umumiy hajmi 7 milliard dollardan oşgan. Koreya milliy neft korporatsiyasi, Eksimbanki, “Kogas”, «Lotte group», «Samsung», «Hundai», «Shindong resources» va boşqa köplab yetakçi kompaniyalari yurtimizda ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oşirişda faol iştirok etmoqda. 

Davlatimiz rahbari Köksaroyda ötgan muzokaralarda işbilarmonlik aloqalarini qöllab-quvvatlaş, ayniqsa, örta va kiçik biznesni rivojlantirişga alohida e'tibor qaratilganini ta'kidladi.

- Bugun Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohot va özgarişlar ulkan ğoya va loyihalarni hayotga dadil joriy etiş uçun keng imkoniyatlar oçmoqda. Ötgan yili mamlakatimizda yangi qöşma korxonalar soni 3 barobar köpaydi. Ularning orasida Koreya kapitali iştirokida taşkil etilgan 160 ta korxona mavjud. Biz bundan buyon ham Koreya biznesining mamlakatimizdagi iştirokini kengaytiriş uçun eng qulay şaroitlarni yaratişga tayyormiz, - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Koreya Respublikasi Prezidenti Özbekiston azaldan savdo, ilm-fan, madaniyat markazi bölgani, bugungi kunda ham biznes uçun keng imkoniyatlar oçilayotganini qayd etdi. Janubiy Koreya Özbekistondagi investitsiyaviy loyihalarni qöllab-quvvatlaş, ilğor tajribalar bilan örtoqlaşişga tayyor ekanini bildirdi. 

«Özekspomarkaz»da ötkazilgan forumda ikki mamlakat iqtisodiy va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari, yetakçi işbilarmonlari iştirok etdi. Xususan, Koreya Respublikasining 150 ta kompaniya va taşkilotidan 350 dan ortiq vakillar qatnaşdi. Kompaniya va taşkilotlar örtasidagi investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiriş, yangi loyihalarni işlab çiqiş va amalga oşiriş, tovarlar yetkazib beriş va xizmat körsatiş masalalari muhokama qilindi.