COVID-19 pandemiyasi dunyo iqtisodiy konyukturasini jiddiy o‘zgartirdi. BMT jahon iqtisodiyoti uchun og‘ir oqibatlar keltiruvchi retsessiyani prognoz qilmoqda.

PwC O‘zbekiston direktori COVID-19 pandemiyasi chaqirgan inqiroz ko‘chmas mulk bozoriga qanday ta'sir qilishi, xaridorlar qanday yo‘l tutishi va qanday vaziyatni kutish mumkinligi uchun haqida so‘zlab berdi.

Talab pasayishi qay darajada davomli bo‘ladi va segmentlarning tiklanishi qanday tartibda kechadi?

Umuman olganda, biz COVID-19 kasaligining hozirda kutilayotgan ikkinchi to‘lqini o‘tguniga qadar talab pasayishini kuzatishimiz mumkin. Bu holda talab pasayishi ancha sezilarli bo‘lishi tabiiy. Mamlakatdagi yirik developer kompaniyalari bilan suhbatlarimizdagi ma'lumotlarga suyanadigan bo‘lsak, bugungi kunda ko‘chmas mulk bozori u qadar katta yo‘qotishlarga uchramagan, sotuvlar bahor oylarida, ko‘p tashkilotlar, jumladan notarial idoralar yopilgani tufayli to‘xtab qolgan.

Biroq karantin cheklovlari yumshatilishi bilan bozor tezda jonlandi va sotuvlar tiklandi. Hozir yirik developerlarda uy-joy sotuvi bo‘yicha pasayish kuzatilmayapti.

O‘zbekistonda ikki toifa bunyodkorlar faoliyat yuritadilar: yirik va kichik quruvchilar. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, turar-joy va tijorat maqsadlaridagi ko‘chmas mulklar quruvchilarning asosiy qismi Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi va bu yerdagi umumiy sondan foiz hisobida olinganda o‘rtacha 70 foizi bu katta tajribaga ega bo‘lmagan “kichik”, bu sektorda katta tajribaga ega bo‘lmagan quruvchilardir. Inqiroz paytida xaridor barcha tavakkalchiliklarni hisobga oladi va katta ehtimol bilan vaqt sinovidan o‘tgan yirik quruvchilarni tanlashga moyil bo‘ladi.

Tijoriy ko‘chmas mulk haqida gap ketganda, bu hanuz nisbatan kichik sektorligini e'tirof etish zarur. A va V klassdagi biznes markazlar ofis maydonlari nisbati o‘rganilsa, Toshkentda bu ko‘rsatkich MDHning boshqa yirik shaharlariga nisbatan sezilarli darajada pastligi ma'lum bo‘ladi.

Savdo-ko‘ngilochar markazlar segmentidagi manzara ham aytarli o‘zgarmaydi. Bugungi kunda tijoriy ko‘chmas mulkka bo‘lgan talab saqlanib turibdi va bu o‘z navbatida talabning sezilarli darajada oshishini ta'minlayapti. Qachongi taklif talabdan oshsa va karantin cheklovlari yanada uzaytirilsa, vaziyat yomon tomonga o‘zgarishi mumkin, bunday holda talab va taklif o‘rtasidagi farq yirikligicha saqlanib qolish ehtimoli bor.

Shuningdek, kuzatilmoqdaki, ko‘pchilik kompaniyalar o‘z ofislari hajmini qayta ko‘rib chiqmoqdalar. Ayniqsa qator bo‘limlar uchun masofaviy ishlash amaliyoti keng qo‘llanilgani sari an'anaviy “ofis ishi” degan tushuncha o‘zgarib borayapti. Bu esa tabiiyki ijara beruvchining biznes-modeli kelajagiga va tijoriy ko‘chmas mulk bozori hajmiga ta'sir qiladi.