Prezidentning “Sirdaryo viloyatida quvvati 1 500 MVt bölgan yangi issiqlik elektr stansiyasi qurilişini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ–4799-son qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, “The International Company for water and power projecs” (Saudiya Arabistoni) (investor) va “Acwa Power Sirdarya” MÇJ (Loyiha kompaniyasi) örtasidagi Sirdaryo viloyatida quvvati 1 500 MVt bölgan buğ-gaz elektr stansiyasini quriş böyiça investitsiya bitimi tasdiqlandi. Investitsiya bitimi u imzolangan kundan e'tiboran kuçga kiradi (2020 yil 6 martda imzolangan).

Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga köra, qaror bilan “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Loyiha kompaniyasi örtasidagi Elektr energiyasini sotib oliş töğrisidagi bitim ma'qullandi.

Loyiha kompaniyasi işlab çiqarilgan elektr energiyasini kafolatlangan tarzda faqat "Özbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJga sotadi.

Investitsiya loyihasini amalga oşiriş doirasida Loyiha kompaniyasiga, istisno tariqasida, quyidagi huquqlar beriladi:

  • kreditlaş, çet el valutasidagi mablağlarni oliş va ulardan foydalaniş uçun çet eldagi xorijiy banklarda hisobvaraqlar oçiş hamda respublikadagi hisobvaraqlaridan xorijdagi hisobvaraqlariga pul mablağlari ötkaziş;
  • Özbekistonning taşqarisidagi xorijiy pudratçilar, yetkazib beruvçilar yoki xorijiy kreditorlarga tölovlarni Özbekistondagi bank hisobvaraqlari orqali töğridan-töğri amalga oşiriş.

Loyiha doirasida samaradorligi 60 foizdan yuqori H/J sinfidagi eng zamonaviy buğ-gaz qurilmalari qöllaniladi. Elektr stantsiyasi yiliga 10 milliard kVt.s.dan ortiq elektr energiyasini işlab çiqaradi. Şu bilan birga, tabiiy gazning yillik tejaş darajasi 2,0 milliard m3.dan oşadi.