Tadbirkorlik sub'yektlari turizm faoliyatini faqat belgilangan tartibda tegişli litsenziyani olgandan keyingina amalga oşiriş huquqiga ega. Ekskursiya faoliyatini amalga oşiruvçi yakka tartibdagi tadbirkorlarga turizm faoliyatini amalga oşiriş huquqini beruvçi litsenziyani oliş talab etilmaydi.
Norma’ning yozişiça, turizm faoliyatini litsenziyalaş sxema (uşbu Nizomga 1-ilova) böyiça amalga oşiriladi.
Lisenziya quyidagi turizm faoliyati turlariga beriladi:
a) turoperatorlik;
b) turagentlik.
Lisenziyalovçi organ quyidagi uçta yönaliş böyiça litsenziyalar beradi:
• içki turizm – Özbekiston hududida doimiy yaşovçi jismoniy şaxslarga turizm xizmatlarini körsatiş maqsadida Özbekiston Respublikasi hududida turoperatorlik va turagentlik faoliyatini amalga oşiriş huquqi uçun;
• çiqiş turizmi – Özbekiston hududida doimiy yaşovçi jismoniy şaxslarga yuridik şaxslar tomonidan turizm xizmatlarini körsatiş maqsadida Özbekiston Respublikasidan taşqarida turoperatorlik va turagentlik faoliyatini amalga oşiriş huquqi uçun;
• kiriş turizmi – Özbekiston Respublikasidan taşqarida yaşovçi jismoniy şaxslarga turizm xizmatlarini körsatiş maqsadida Özbekiston hududida turoperatorlik va turagentlik faoliyatini amalga oşiriş huquqi uçun.
Turizm faoliyatini amalga oşiriş huquqi uçun amal qiliş muddati çeklanmaydigan namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
Turoperatorlar faoliyatini amalga oşiriş uçun litsenziyalaş talablari va şartlari quyidagilardan iborat:
a) turizm töğrisidagi qonun hujjatlariga qat'iy rioya qiliş;
b) yuridik şaxs ştatida «turizm» yönalişi böyiça oliy yoki örta maxsus, kasb-hunar ma'lumotiga ega bölgan yoki malaka sertifikatiga ega bölgan kamida bir nafar mutaxassisning bölişi;
v) yuridik şaxs xodimlari (gidlar (gid-tarjimonlar), ekskursiya yetakçilari va yöriqçi-yöl boşlovçilar) 3 yilda kamida bir marta belgilangan tartibda malaka sertifikati olişi;
d) «çiqiş turizmi» yönalişi böyiça turizm faoliyatini amalga oşiriş uçun litsenziya talabgorlariga 15 ming AQŞ dollari ekvivalenti miqdoridagi mablağlarni Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi huzuridagi Xavfsiz turizm jamğarmasiga zaxira qilişi;
ye) turizm xizmatlarining muvofiqlik sertifikati bilan tasdiqlangan turistlar va ekskursiyaçilarning hayoti, soğliği va mol-mulki uçun xavfsizlikni ta'minlaş böyiça tizimning mavjudligi;
j) turizm mahsuloti buyurtmaçisi bilan, şu jumladan Özbekiston Respublikasining turizm xizmatlarini körsatiş töğrisidagi qonun hujjatlari talablariga javob beradigan elektron tijorat şartnomasi tuzilganidan keyin turizm xizmatlarini taqdim etiş;
z) har bir turistga va ekskursantga turistik sayohat vaqtida Özbekiston Respublikasiga hamda çet davlatlarga kiriş, ulardan çiqiş va ularda bölişning öziga xos xususiyatlari töğrisidagi axborotni yetkaziş;
i) mijozga lisenziatning iş rejimi, uning joylaşgan joyi (poçta manzili), tegişli litsenziya, turizm xizmatlari sertifikatining mavjudligi, turizm faoliyatining aniq yönalişlari uçun mas'ul bölgan lisenziatning mutaxassislari familiyasi, ismi va otasining ismi töğrisida töliq va batafsil ma'lumot beriş, jumladan uşbu körsatilgan ma'lumotlarni özining xalqaro internet tarmoğidagi rasmiy veb-saytiga joylaştiriş;
k) lisenziat kamida ikki çet tilidagi, elektron tölovlar, bron qilişlar, «içki turizm», «çiqiş turizmi va «kiriş turizmi» yönalişi böyiça ekvayring xizmatlarini körsatadigan veb-saytga ega bölişi (uşbu talabning çet tillari böyiça qismi «içki turizm» yönalişidagi lisenziatlarga taalluqli emas);
l) turoperatorlarning fuqarolik javobgarligini suğurtalaşni tasdiqlovçi suğurta polisining mavjudligi;
m) faoliyatni faqat litsenziyada körsatilgan yönalişlar böyiça amalga oşiriş.
Turagentlar faoliyatini litsenziyalaş talablari va şartlari quyidagilardan iborat:
a) turizm töğrisidagi qonun hujjatlariga qat'iy rioya qiliş;
b) turizm faoliyatining «çiqiş turizmi» yönalişida faqat yuridik şaxs taşkil etgan holda amalga oşiriş;
v) «çiqiş turizmi» yönalişi böyiça turizm faoliyatini amalga oşiriş uçun litsenziya talabgorlariga 15 ming AQŞ dollari ekvivalenti miqdoridagi mablağlarni Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi huzuridagi Xavfsiz turizm jamğarmasiga zaxira qilişi;
g) turoperator bilan şartnoma tuzilgandan söng turoperatorlar tomonidan yaratilgan turizm mahsulotini tarğib va realizatsiya qiliş;
d) har bir turistga va ekskursantga turistik sayohat vaqtida Özbekiston Respublikasiga hamda çet davlatlarga kiriş, ulardan çiqiş va ularda bölişning öziga xos xususiyatlari töğrisidagi axborotni yetkaziş;
ye) lisenziatning iş rejimi, uning joylaşgan joyi (poçta manzili), tegişli litsenziya, lisenziatning familiyasi, ismi, otasining ismi töğrisida töliq va batafsil ma'lumot beriş, jumladan, uşbu körsatilgan ma'lumotlarni özining xalqaro Internet tarmoğidagi rasmiy veb-saytida joylaştiriş;
j) lisenziat kamida ikki çet tilidagi, elektron tölovlar, bron qilişlar, «içki turizm», «çiqiş turizmi» va «kiriş turizmi» yönalişi böyiça ekvayring xizmatlarini körsatadigan veb-saytga ega bölişi (uşbu talabning çet tillari böyiça qismi «içki turizm» yönalişidagi lisenziatlarga taalluqli emas).
Lisenziya oliş uçun litsenziya talabgori Davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali yoki özi kelib litsenziyalovçi organga ariza va zarur hujjatlarni taqdim etadi.
Ariza körib çiqilişi uçun litsenziya talabgori 2,5 BHM miqdorida yiğim tölaydi.
Lisenziya beriş yoki litsenziya berişni rad etiş töğrisidagi qaror litsenziyalovçi organ tomonidan barça zarur hujjatlar bilan ariza olingan kundan boşlab 10 iş kunidan oşmaydigan muddatda, litsenziyalovçi organ rahbarining örinbosari tomonidan tasdiqlangan ekspert xulosasi asosida qabul qilinadi.
Qabul qilingan qaror töğrisidagi bildirişnoma tegişli qaror qabul qilinganidan söng bir kun içida talabgorga yuboriladi. Lisenziya beriş töğrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirişnoma litsenziya talabgoriga DXM yoki YaIDXP orqali elektron şaklda, bank hisobi rekvizitlari va davlat bojini tölaş muddati körsatilgan holda yuboriladi.
Lisenziya beriş rad etilganda bir kun içida litsenziya talabgoriga bu haqda bildirişnoma yuboriladi, unda rad etiş sabablari, asoslovçi qonun hujjatlari hamda litsenziya talabgori uşbu sabablarni bartaraf etgan holda hujjatlarni qayta körib çiqiş uçun taqdim etişi mumkin bölgan muddat körsatiladi.
Hujjatlar ariza olingan kundan boşlab 5 iş kunidan oşmagan muddatda qayta körib çiqiladi.
Lisenziat litsenziya beriş töğrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirişnoma yuborilgan vaqtdan boşlab uç oy muddatda litsenziyalovçi organga litsenziya berilişi uçun davlat boji tölanganligini tasdiqlovçi ma'lumotni taqdim etmasa, litsenziyalovçi organ litsenziyani bekor qiliş töğrisida qaror qabul qilişga haqlidir.
Lisenziya berganlik uçun «Davlat boji töğrisida»gi Qonunda belgilangan miqdorlarda davlat boji undiriladi.
Lisenziya talabgori tomonidan davlat boji tölanganligini tasdiqlovçi hujjatlar taqdim etilgandan keyin ikki iş kuni mobaynida litsenziya beriladi.
Şuningdek Nizomda quyidagilar körsatilgan:
• litsenziya oliş uçun taqdim etiladigan zarur hujjatlar röyxati;
• litsenziya talablari va şartlariga rioya etilişini nazorat qiliş tartibi;
• litsenziyani qayta rasmiylaştiriş, amal qilişini töxtatib turiş, töxtatiş va bekor qiliş qoidalari; litsenziyalovçi organ tomonidan Lisenziyalar reyestrini yuritiş tartibi.
Hujjat 10.07.2020 yildan kuçga kirdi.












