«Har yili avgust oyida umumta’lim muassasalarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish arafasida o‘qituvchilarga dars soatlarini taqsimlash jarayoni amalga oshirilib kelinadi. Afsuski, shu vaqtga qadar ularga dars soatlarini taqsimlash uchun aniq bir mezon belgilab berilmagan, aytish mumkinki, bu jarayonda inson omili muhim sanalib, maktab rahbari dars soatlarini taqsimlagan.
O‘qituvchilarga dars soatlarni taqsimlashda ularning erishgan natijalari va kasbiy mahoratiga yetarlicha e’tibor qaratilmagan. Joriy yilning 30 iyunida Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklarining qarori bilan tasdiqlangan Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida 3271-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Mazkur nizom bilan o‘qituvchilarning tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi belgilandi», deyiladi vazirlik axborot xizmatinin xabarida.
Ta’kidlanishicha, endi o‘qituvchilarga dars soatlarni taqsimlashda ularning erishgan natijalari hamda kasbiy mahoratiga qarab ustuvorlik belgilangan. Bunda birinchi navbatda pedagogik faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgan, kasbiy mahorati yuqori o‘qituvchilarga ko‘proq dars soatlarini ajratish belgilab qo‘yilgan. Shu o‘rinda aytish joizki, bilimli, tajribali va o‘z ustida doimiy ishlaydigan o‘qituvchiga ko‘proq dars soati ajratilishi maktablarda ta’lim sifatining oshishiga xizmat qilib, kelgusida o‘zining ijobiy samarasini bergan.
Xususan, o‘qituvchilarga dars soatlari quyidagi ko‘rsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi:
– xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;
– o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblari;
– chet tili va STEAM fanlaridan mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega o‘qituvchilar (TESOL Level 5, CEFR B2, IELTS 6 va undan yuqori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadigan boshqa sertifikatlar);
– TOP–1000 universitetlar reytingiga kiradigan dunyoning yetakchi universitetlarini bitirgan o‘qituvchilar;














