Taqdimotda sohada amalga oşirilgan işlar va navbatdagi rejalar haqida axborot berildi.

Toşkent viloyati Böstonliq tumanining turizm salohiyati juda yuqori. Lekin uzoq yillar davomida bundan yetarliça foydalanilmadi. Bahavo tabiat, qulay iqlim va yilning barça faslida maroqli hordiq çiqariş imkoniyati bölsa-da, hududda sayyohlarni jalb etadigan yirik va zamonaviy loyihalar amalga oşirilmadi. Bugun Böstonliq tumanida turistik hududlarni taşkil etiş bilan bir vaqtning özida qator muhim masalalarni hal qiliş közda tutilgan.

«Asosiy maqsadimiz, eng avvalo, turizm sohasida qonun ustuvorligini ta'minlaş, odamlarning manfaatini inobatga olib, xalqimiz uçun bahavo, arzon, xavfsiz va 12 oy davomida qulay dam oliş şaroitlarini yaratişdir. Böstonliq kabi maskanlarga Özbekistonning barça hududlaridan yurtdoşlarimiz kelib hordiq çiqarişi, bu yerda amalga oşirilayotgan loyihalar boşqa hududlarimiz uçun ham namuna bölişi kerak», – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Ma'lum qilinişiça, Böstonliqda xalqaro kurort taşkil etiladi.

«Ma'lumotlarga köra, har yili yurtdoşlarimiz çet elda dam oliş uçun 1 milliard 200 million dollar atrofida mablağ sarflamoqda. Buning asosiy sabablaridan biri Özbekistonda barça talablarga javob beradigan zamonaviy turistik majmualar soni kam.

Şu maqsadda oxirgi yillarda respublikamizning barça hududlarida, jumladan, Böstonliq tumanida ham töliq tadbirkorlar mablaği hisobiga yirik loyihalar amalga oşirildi. Xususan, dunyo sayyohlari e'tiboriga tuşgan «Amirsoy» majmuasi qisqa bir yarim yil içida qurib foydalanişga topşirildi. Bu esa hududda yirik va jozibador loyihalarni amalga oşiriş mumkinligini isbotladi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida

Davlat rahbari taqdimot davomida Böstonliq tumanida yaqin yillarda foydalanişga topşiriladigan loyihalar majmuasi bilan tanişib, ularni takomillaştiriş böyiça takliflarini berdi.

«Bildirsoy-Çimyon-Nanay» xalqaro kurortini taşkil etiş loyihasi ulardan biri. Uning konsepsiyasi va iqtisodiy modeli Fransiya kompaniyalari konsorsiumi tomonidan FASEP fondining 750 ming yevro miqdoridagi grant mablağlari hisobiga işlab çiqilgan.

Loyihaning umumiy qiymati 480 million dollar. Şundan 280 million dollarini töğridan töğri investitsiyalar taşkil etadi. Undan közlangan asosiy maqsad hududdagi yer maydonlarining qiymatini va investitsion jozibadorligini oşiriş orqali tadbirkorlikni rivojlantirişdir.