Uning aytişiça, “Feysbuk”dagi öz şaxsiy sahifasida post e'lon qilgan. Postning skrinşotlari turli bloglarda tarqaldi. Kravçenko postni bir qator blogerlar va fuqarolar notöğri tuşunişganini bildirgan.

“Ucell kompaniyasining rahbari etib tayinlanganimdan söng meni hammasidan ham köp ta'sirlantirgan narsa – bu har kuni millionlab insonlarga xizmat körsatiş va ular uçun işlaş böldi. Bu ulkan mas'uliyat odamga kuç beradi, ammo öz örnida ma'naviy çarçatib ham qöyadi. Ayniqsa hozirgi pandemiya, karantin davrida bu mas'uliyat ham, iş ham karrasiga oşib ketdi. 

Şu kunlarda Feysbukdagi özimning şaxsiy sahifamda bir post e'lon qilgan edim. Uning skrinşotlari turli bloglarda tarqaldi. Men öz sözlarimdan tonmayman, ammo şuni aytmoqçimanki, öşa postni bir qator blogerlar va boşqa hamyurtlarimiz sal boşqaçaroq tuşunişibdi.

Balkim, bu mening aybimdir, oçiği, gapga unçalik usta emasman. Menga işlaş yoqadi va atrofimdagilarni ham doimo şunga undayman. Jamoamiz bilan qilgan mehnatimizning natijalari ham namoyon bölmoqda: şu kunlarda Ucell abonentlar soni böyiça Özbekistonda birinçi öringa çiqdi. Bunday yutuqlar yanada köpayişi uçun bundanda köproq işlaşga tayyorman.

Bölib ötgan vaziyat haqida uzoq gapirib ötirişni lozim körmayapman. Yagona narsani tasdiqlamoqçi edim: men barça mehnatkaş insonlarni, şu qatorda blogerlarni ham hurmat qilaman. Har kuni turli yangilik va fikrlarni aynan ularning kanal va sahifalaridan öqib boraman. Bu vaziyatdan şunday xulosa çiqardimki, men rahbar sifatida jamoatçilik e'tiborida ekanman. Bu meni köproq quvontirdi xam va albatta aytayotgan gaplarim va ularning oqibatlari borasida mas'uliyatni sezişimga turtki böldi.

Şuni aytiş joizki, Ucell kompaniyasining boş direktori sifatida barça ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar bilan hamkorlikka doimo tayyorman”, - deydi Vladimir Kravçenko.