YeÇLda yana bir yarimfinalçi aniqlandi. «Barselona»ni 8:2 hisobida yenggan «Bavariya» yarimfinalga çiqdi.

Birinçi bölim töliq «Bavariya»ning ustunligi ostida ötdi. Dastlabki 31 daqiqaning özida nemislar törtta gol urişdi. Tomas Myuller dubl qayd etgan bölsa, Ivan Perişiç va Serj Gnabrilar bittadan gol urişdi. 7-daqiqada esa David Alaba öz darvozasiga gol urib qöydi. Ikkinçi bölim avvaliga Suares biroz hisobni qisqartirgandi, ammo 63-daqiqada Kimmix Devisning reydidan söng hisobni yana yirik körinişga keltirdi — 2:5.

Keyin faqat «Bavariya» gol urdi. Koutino dubl qayd etgan bölsa, Levandovskiy ham bitta gol urdi. Yarimfinalda «Bavariya» «Mançester Siti» yoki «Lion»ga qarşi öynaydi.

YeÇL. Çorakfinal

Barselona – Bavariya 2:8

Gollar: 0:1 – 4 Myuller, 1:1 – 7, avtogol Alaba, 1:2 – 21 Perişiç, 1:3 – 27 Gnabri, 1:4 – 31 Myuller, 2:4 – 57 Suares, 2:5 – 63 Kimmix, 2:6 – 82 Levandovski, 2:7 – 85 Koutino, 2:8 – 89 Koutino.
Barselona: ter Stegen, Langle, Alba, Pike, Serdji Roberto (Grizmann, 46), de Yong, Buskets (Fati, 70), Vidal, Semedu, Suares, Messi.
Bavariya: Noyyer, Alaba, Kimmix, Boateng (Zyule, 76), Gnabri (Koutino, 75), Devis (Lyuka Ernandes, 84), Alkantara, Perişiç (Koman, 67), Goretska (Tolisso, 84), Levandovski, Myuller.
Ogohlantirişlar: Boateng (42), Devis (52), Suares (54), Alba (59), Kimmix (85), Vidal (90).