Mask milliarderlar röyxatida LVMH kompaniyalari guruhi direktori Bernar Arnodan özib ketdi. Ayni vaqtda Arnoning boyligi 84,6 mlrd dollarga, Maskniki esa 84,8 mlrd dollarga baholanmoqda. Mask 3-örinni egallayotgan Mark Tsukerbergdan 15 mlrd dollar “ortda” qolmoqda.
Reytingga Amazon rahbari Jyeff Bezos 188 mlrd dollar bilan yetakçilik qilmoqda. 2-örinni 121 mlrd dollarga ega Bill Geyts egallamoqda.
Bloomberğning xabar berişiça, 49 yoşli Maskning boyligi 17 avgustda Tesla aksiyalari qimmatlaşişi ortida 7,8 mlrd dollarga köpaydi. Umuman olganda, Tesla aksiyalari 2020 yil boşidan beri 339 foizga qimmatlaşgan va buning ortida Mask ham joriy yilda 57,2 mlrd dollarga boyigan. Bu dunyodagi ikkinçi körsatkiç hisoblanadi. Joriy yilda faqatgina Bezos Maskdan köproq boyigan: uning boyligi yil boşidan 73 mlrd dollarga köpaygan.
17 avgustda Tesla aksiyalari narxi tarixiy maksimumga erişdi. Aksiyalar 11 foizga qimmatlaşib, bir donasi narxi 1845 dollargaça kötarilgan. Kompaniya aksiyalari narxi Xitoyda elektromobillarga talab oşişi kutilayotgani ortida kötarilgan.












