O‘zbekiston hududida melioratsiya, qurilish va qurilish-tarmoqlarida faoliyat olib boruvchi kompaniya va tadbirkorlar diqqatiga!
Siz yuqori sifatli, mustahkam ekskavator, greyder, avtokran va boshqa zamonaviy texnikalar jamlanmasini “UzXCMG” MChJ qo‘shma korxonasida topishingiz mumkin. 2014 yildan buyon Urganch shahrida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan mazkur korxona “UzXCMG” tovar belgisi ostida barcha turdagi gidravlik ekskavator va buldozerlar hamda turli vazifalarga mo‘ljallangan qurilish texnikalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.




“UzXCMG” MChJ qo‘shma korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan texnikalar bugungi kunda dunyoning ko‘zga ko‘ringan kompaniyalarining dvigatellari va gidravlika tizimlari bilan jihozlangan bo‘lib, xalqaro standartlariga to‘liq javob beradi.
“UzXCMG” MChJ qo‘shma korxonasi “Hamkorbank” ATB bank bilan hamkorlikda tadbirkorlarga ajoyib imkoniyatni taqdim etadi. Maxsus texnikalarni muddatli to‘lov orqali xarid qilishingiz mumkin. Boshlang‘ich to‘lov – 20 foiz bo‘lib, 3 yillik muddatda imtiyozli davr 6 oygacha beriladi. Siz muddatli to‘lov orqali ekskavatorlar, buldozerlar, teleskopik universal avtokranlar, greyderlar, katoklar, frontal va ekskavator yuk ortgichlarning egasi bo‘lishingiz mumkin (91-434-30-14).

























