Davlat statistika qömitasi xabariga köra, 2020 yilning yanvar-iyul oylarida respublikada avtomobil benzini işlab çiqariş hajmi 2019 yilning şu davriga nisbatan köpaydi.

Qayd etilişiça, 2019 yilning şu davrida 595,1 ming tonna benzin işlab çiqarilgan bölsa, 2020 yilda - 610,6 ming tonna.

Dizel yoqilğisini işlab çiqariş hajmida pasayiş kuzatildi. 2019 yilda 626,4 ming tonna dizel işlab çiqarilgan bölsa, 2020 yilda - 580,4 ming tonna.

Şu bilan birga, Özbekiston 2020 yil yanvar-iyul oylarida neft qazib olişni 2019 yilning şu davriga nisbatan (407,7 ming tonna) biroz oşirdi - 422 ming tonnagaça.

2020 yil yanvar-iyul oylarida tabiiy gaz qazib oliş 28,9 milliard kub metrni taşkil etdi, bu 2019 yilning şu davriga nisbatan kam (35,2 milliard kub metr).

2020 yil yanvar-iyul oylarida Özbekiston 835,6 ming tonnadan ortiq gaz kondensati qazib oldi, bu 2019 yilning şu davriga nisbatan kam (1,22 mln tonna).