Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning rasmiy zaxiralari hajmi 34 mlrd dollardan oshdi
O‘zbekistonning «xavfsizlik yostiqchasi» hajmi 34 mlrd dollardan oshdi.
Foto: Shutterstock.com/Roman Bodnarchuk
Markaziy bank O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari statistikasini yangiladi.
2020 yil 1 avgust holatiga ko‘ra rasmiy zaxiralar 34,7 mlrd dollarni tashkil etdi. O‘zbekistonning zaxiralari zaif diversifikatsiyalangan, shuning uchun deyarli barcha miqdor oltin (20,7 mlrd dollar) va xorijiy valutadagi zaxira aktivlar (13,6 mlrd dollar) o‘rtasida taqsimlangan.
Markaziy bank ushbu ma'lumotlarni oshkor qila boshlaganidan beri (2017 yil kuzida) birinchi marta rasmiy zaxiralar 34 milliard dollardan oshdi. Ular asosan oltin narxining o‘sishi hisobiga ortdi.
Zaxiralar, shu bilan birga, mamlakatning «xavfsizlik yostiqchasi» deb ham hisoblanadi - ular salbiy tashqi shok holatlarda zarbani kamaytiruvchi omil sifatida zarur va zaxiralarning yetarliligi shok holatlarning xususiyatiga bevosita bog‘liq.
O‘zbekiston 20 oylik importni moliyalashtirish uchun yetarli zaxiraga ega ekani ma'lum bo‘ldi. Bu xalqaro tashkilotlar tomonidan tavsiya etilgan ko‘rsatkichdan ko‘p.
Bundan oldin, O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari hajmi 32 mlrd dollardan oshgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
10:05
Yirik korxonalar traktor ishlab chiqarishni oshirdi
15:46 / 16.01.2026
O‘zbekistonda ko‘p bolali uy xo‘jaliklari ulushi keskin ko‘tarildi
13:39 / 16.01.2026
Hududlar kesimida elektr uskunalar ishlab chiqarish: Toshkent shahri birinchi o‘rinda
10:42 / 16.01.2026