Qatar Airways’ning tijorat böyiça direktori Saymon Tolling-Smitning ta'kidlaşiça, uşbu tölovlar kompaniya moliyaviy körsatkiçlariga zarba bölgan, biroq “aviakompaniya bu zarbani yengib ötiş uçun yetarliça kuçlidir hamda mijozlari va hamkorlari oldida mas'uliyatli bölişi lozim”.
Pullar ularning qaytarilişi uçun ariza berilgandan keyin 30 kun davomida qaytarilgan. Bundan taşqari, Qatar Airways 36 foiz mijozini çiptalarni 10 foizlik bonusga ega vauçerlarga almaştirişga köndira olgan.
Kompaniya yangi çiptalarga talabni jonlantiriş uçun mijozlar uçun qulay sxemani taklif qilmoqda: endilikda çiptani 2 yil oldin sotib oliş, unda parvoz sanasini köp marta bepul özgartiriş, bir davlat çegarasida parvoz amalga oşiriladigan şaharni va çiptada oxirgi manzil sifatida dastlab körsatilgan şaharni undan 8 ming kmgaça uzoqlikda joylaşgan boşqa şaharga özgartiriş mumkin.









