«UzAuto Motors» AJni kim boşqarişidan qat'i nazar kompaniyaning xatti-harakati monopolistga xos bölgan harakat ekanligi haqida köp yozganman. Monopolist tabiatiga köra özining ustun holatidan doimo foydalanib qolişga harakat qiladi. Xususan, u doimo narxlarni oşirişga intiladi va unda öz işini yaxşilaş uçun yetarliça rağbat (xarajatlarni qisqartiriş, sifat, assortiment va servisni takomillaştiriş va h.k.) mavjud emas.

Monopolistning narxlari nazoratga olinganida u öz xarajatlarini şişiradi. Agar u yana davlat kompaniyasi bölsa, samarali mulkdor mavjud bölmagan holda qöşimça korrupsion sxemalar paydo böladi. Ular ham mahsulotning tannarxini oşiradi.

Eng ahamiyatlisi şundaki, mazkur holatda biz batamom sun'iy, qölda yasalgan, bir soat mobaynida tugatilişi mumkin bölgan monopoliyaga duç kelyapmiz. Import avtomobillariga öta yuqori, deyarli taqiqlovçi bojxona tölovlarini pasaytirişning özi kifoya. Şu bilan monopoliya yöq böladi. Kompaniya esa raqobat bozorida işlaşni boşlaydi. Ana şunda u raqobatbardoş kompaniyaga aylanişi uçun imkoniyat paydo böladi. Bundan deyarli barça (kompaniya menejyerlari va ularning hukumatdagi kuratorlaridan taşqari), va nihoyat, bojxona tölovlaridan munosib daromad olişni boşlaydigan budjet ham yutadi.

Biroq sun'iy monopoliyaga boğliq bölgan vaziyat mana uzoq yildirki, hal bölmay kelyapti. Töğri, «UzAuto Motors» AJ köplab (soliq, konvertatsion va boşqa) imtiyozlardan mahrum qilindi. Yaqinda import avtomobillar uçun aksizlar ham bekor qilindi. Biroq bularning bari yetarli emas. Sönggi qadam zarur: import avtomobillarga bojxona tölovlarini keskin qisqartiriş. Ana öşanda monopoliya barham topadi», deb yozadi Yuliy Yusupov.