O‘tgan haftada AQSh prezidenti Donald Tramp Snoudenni afv etish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini aytgandi.

AQSh adliya vaziri – bosh prokuror Uilyam Barr AQSh milliy xavfsizlik agentligining sobiq xodimi Edvard Snoudenning afv etilishiga qarshi chiqdi. U bu haqda Associated Press agentligiga bergan intervyusida ma'lum qildi.

U bunga "mutlaqo qarshi" ekanligini bildirdi.

"U raqiblarimizga ma'lumot yetkazib, xoinga aylandi, u amerikaliklar xavfsizligiga zarar yetkazdi", - dedi Barr.

O‘tgan haftada AQSh prezidenti Donald Tramp Snoudenni afv etish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini aytgandi.

Snouden 2013 yilda AQSh maxsus xizmatlarining elektron kuzatuv uslublari haqida ma'lum qilgandi. U Amerika hukumati ta'qibidan qochib, qator davlatlardan boshpana so‘ragan. Snouden 2014 yil 1 avgustda Rossiyada uch yil yashashga ruxsat olgan, keyinroq bu muhlat uzaytirilgan.

U o‘z vatanida josuslik to‘g‘risidagi ikkita moddani buzganligi uchun aybdor deb topilgan. Snouden har bir modda bo‘yicha 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.