Ukraina Rossiyadagi ob’yektlarga zarba berish uchun ilk marta Britaniyada ishlab chiqarilgan dronlardan foydalandi, deb xabar berdi Times.

Nashrning yozishicha, nishon sifatida Volgograd va Yaroslavldagi ob’yektlar tanlangan.

Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, aprelda Xerson oblastiga zarba berish uchun Malloy Aeronautics kompaniyasining T-150 og‘ir droni qo‘llanilgan.

Uzoq masofalardagi ob’yektlarga zarba berishda esa Callen-Lenz kompaniyasining Nyan dronlari hamda Britaniyaning yana bir kompaniyasi ishlab chiqargan dronlardan foydalanilgan.

Harbiy tahlilchilar Rossiya Britaniya ishlab chiqaruvchilariga javob zarbasi berishi mumkinligini taxmin qilishgan, lekin NATO bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy to‘qnashuv ehtimolini juda past baholashgan.