Ayni vaqtda Xitoyning Beizhong Yilin Pharm Tech (Beijing) Co. Ltd. farmatsevtika kompaniyasi hamda Tszyansi an'anaviy xitoy tabobati universitetining 10 nafar şifokor va mutaxassislaridan iborat guruh Özbekistonda bölib turibdi.

«Xitoylik mutaxassislarning fikriga köra, an'anaviy xitoy tabobati Ğarb tibbiyoti bilan birgalikda Covid-19’ni oldini oliş, uni davolaş va reabilitatsiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Buni mamlakatning bir qator viloyatlarida, birinçi navbatda, yangi koronavirus tarqalişining markaziga aylangan Xubeyda ötkazilgan klinik kuzatişlar ham tasdiqlamoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Rasmiy ma'lumotlarga köra, Xubey provinsiyasida koronavirusga çalingan bemorlarning 91,6 foizi va mamlakat böylab esa ularning 92,4 foizining soğayişida an'anaviy xitoy tabobati ham alohida ahamiyat kasb etgan.

«Eng qiziği, koronavirusga qarşi kuraşiş uçun Uhan şahriga 42 ming nafar xitoy xalq tabobati vakillari safarbar qilingan bölsa, ularning birortasi ham infeksiyani yuqtirib olmadi.

Buning sababi, birinçidan, himoya vositalaridan töğri foydalanişganida bölsa, ikkinçidan, xalq tabobati usulida tayyorlangan dori vositalarini qabul qilganlaridadir. Özbekistonda Covid-19 bilan oldingi saflarda kuraşayotgan tibbiyot xodimlari uçun ham uşbu dori vositalarini yetkazib beramiz», deydi Beizhong Yilin Pharm Tech (Beijing) Co. Ltd. farmatsevtika kompaniyasi prezidenti Syuejun Lin.

Öz örnida Syuejun Lin Özbekiston Soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonov bilan muloqot davomida 4 yönalişda an'anaviy xitoy tabobati usulida tayyorlangan dori vositalarini qöllagan holda koronavirus infeksiyasi bilan kuraşişni taklif qilgan. Birinçisi – kasallik profilaktikasida, ikkinçisi – koronavirusni yengil şaklda boşdan ötkazayotgan bemorlarni davolaşda, uçinçisi – yengil şakldagi bemorlarning holati oğir va örta oğirga ötib ketmasligi uçun parvariş qilişda va oxirgisi – Covid-19’dan soğayganlarni reabilitatsiya qilişda. 

Eslatib ötamiz, Covid-19 infeksiyasiga qarşi kuraşişda xalqaro hamkorlikni kengaytiriş, bu boradagi jahon tajribasini amaliyotga tatbiq qiliş maqsadida prezident topşiriği bilan şu kunga qadar Xitoy, Rossiya, AQŞ, Germaniya, Koreya Respublikasi, Turkiya kabi qator davlatlarning nufuzli mutaxassislari Özbekistonga taşrif buyurişgandi.