Daniya harbiy razvedkasi  (Forsvarets etterretningstjeneste, FE) boşliği Lars Findsen "Razvedka xizmatlari ustidan nazorat"  (Tilsynet med Efterretningstjenesterne, TET) organi tomonidan aniqlangan kamçiliklar tufayli lavozimidan çetlatildi. Bu haqda TT agentligi xabar berdi.

 TET taqdim etgan hisobotda aytilişiça, harbiy razvedka 2014 yildan boşlab öz faoliyati töğrisida töliq bölmagan ma'lumot berib kelgan. Razvedka xizmati ayrim hollarda asoslar mavjud bölsa-da josuslik faoliyati böyiça suriştiruv ötkazmagan. Bundan taşqari, harbiy razvedka mamlakat fuqarolari töğrisidagi ma'lumotlarni noqonuniy yöllar bilan töplaşda ayblanmoqda.

Mazkur hisobot ötgan yil noyabrda taqdim etilgan ma'lumotlar asosida tayyorlangan. Lars Findsendan taşqari, harbiy razvedkaning yana ikki nafar yuqori lavozimli mulozimi ham işdan çetlatilgan.

Daniya mudofaa vaziri Trine Bramsen hisobotdagi ma'lumotlarni tekşiriş uçun komissiya tayinlanganini ma'lum qildi.

"Heç şubhasiz, biz razvedka xizmatlarimiz öz vakolati doirasida faoliyat olib borayotganiga işonç hosil qilişimiz lozim", - deb yozdi u matbuot uçun bayonotida.