2020 yilning 11 avgust kuni soat 16:00da 40 yoşli A.K., 39 yoşli R.K., 23 yoşli A.K., 35 yoşli B.B., 33 yoşli S.A. va 30 yoşli J.A. oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruhga birlaşib, Namangan şahri I.Karimov köçasida joylaşgan avtomaşinalarga texnik xizmat körsatiş ustaxonasiga kelişgan.

Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, ular özganing mulkini bosqinçilik yöli bilan qölga kiritiş maqsadida, şu yerda işlovçi özlariga oldindan taniş bölgan 28 yoşli Ş.Q.dan 95.000.000 söm qarzini berişni talab qilişib, heç bir sababsiz uni badanining turli joylariga qöli va oyoqlari bilan urib döpposlaşgan.

Qayd etilişiça, söng ular Ş.Q.ni “Jyentra” rusumli avtomaşinaga yuklab, uni öğirlab Namangan şahri, Ziyonur köçasida joylaşgan qurilişi tamomlanmagan binoga olib borişib, u yerda Ş.Q.ga soğliği uçun xavfli bölgan zörlik işlatib, urib-döpposlab yonida bölgan 5.000.000 söm miqdoridagi pullarini bosqinçilik yöli bilan qölga kiritişgan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan şahri böyiça IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 137-moddasi 2-qismi “v” bandi (odam öğirlaş) va 164-moddasi 2-qismi “b” bandi (bosqinçilik) hamda 277-moddasi 2-qismi “b” bandi (bezorilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Uşbu jinoyatni sodir etgan barça şaxslar uşlanib, jinoyat işida ayblanuvçi tariqasida iştirok etişga jalb qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa oliş” tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan. 

Tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi ma'lumotda.