Tojikiston demokratik partiyasining 23 avgust kuni bölib ötgan favqulodda qurultoyida partiya rahbari Saidja'far Usmonzodani mamlakat prezidenti lavozimiga nomzod qilib körsatiş qarori qabul qilindi.

Saidja'far Usmonzoda prezident saylovlarida ikkinçi marta nomzod sifatida körsatilmoqda. U 2013 yilda bölib ötgan saylovlarda ham prezidentlikka öz nomzodini qöygan edi. Öşanda unga saylovçilarning atigi 1,02 foizi ovoz bergan.

2015 va 2020 yillardagi parlament saylovlarida Usmonzoda Oliy Majlis deputati etib saylangan.

Bugungaça Tojikistonning 7 ta siyosiy partiyasidan 3 tasi prezidentlikka öz nomzodini ilgari surdi. Bular Agrar partiya rahbari Rustam Latifzoda, Sotsialistik partiya rahbari Abduhalim Ğafforov va Demokratik partiya rahbari Saidja'far Usmonzoda. Rustam Latifzoda birinçi marta öz nomzodini qöyayotgan bölsa, Abduhalim Ğafforov uçinçi marta prezidentlik uçun öz nomzodini qöymoqda.

Tojikistondagi yana ikkita partiya – Kommunistik partiya va Tojikiston Xalq demokratik partiyasi öz nomzodlarini sentabr oyi boşida körsatişi kutilmoqda. Tojikistonning yagona muxolif partiyasi bölgan Sotsial-demokratik partiyasi esa prezidentlikka nomzod körsatiladigan qurultoy ötkazadigan kunni e'lon qilmadi.

Tojikistonda prezidentlik saylovlari 11 oktabr kuni bölib ötadi. Saylovlarda amaldagi prezident Imomali Rahmonning imkoniyati yuqori deb qaralmoqda. Şuningdek, uning öğli va ayni damda Duşanbe hokimi Rustam Imomali ham prezidentlikka öz nomzodini körsatişi mumkinligi aytilmoqda.