2020 yilning 8 avgust kuni soat 10:00da Surxondaryo viloyati Qumqörğon tumani “Saxovat” mahallasidagi toğli hududda kovrak şirasini yiğiş bilan şuğullanuvçi MÇJ işçilari 32 yoşli A.B., 39 yoşli Z.M. va A.J. işlayotgan bölgan.
Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, şu vaqtda 40 yoşli B.Ç. va 41 yoşli X.Ç. taxminan 15 nafar notaniş fuqarolar bilan birgalikda kelib, qölida bölgan tayoq bilan M.B., A.J. va A.B. tanasining turli joylariga urib, ularga turli körinişdagi tan jarohati yetkazib, “bu yerda işlamaysanlar, toqqa qaytib çiqsang öliging tuşadi”, deb qörqitgan.

Qayd etilişiça, ular MÇJga tegişli jami 20 dona yelim idişdagi qiymati 168 mln. söm bölgan 105 kg. kovrak şirasi va narxi 1.100.000 söm bölgan 20 kg. qovurilib yelim idişga solib qöyilgan qöy göştini hamda 2 dona afğon piçoği, ikki dona 100 litr hajmli yelim idişlari va A.B.ga tegişli narxi 1.000.000 sömlik “Samsung J-5” rusumli telefon apparatini tortib olib, hodisa joyidan yaşiringanlar.

Hodisa sodir bölgan joyidan bir dona singan holdagi tayoq bölagi va bir dona butun holdagi çöpon tayoği aşyoviy dalil tariqasida rasmiylaştirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Qumqörğon tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari (talonçilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.








