Qöşma Ştatlar örta va kiçik masofalarga möljallangan raketalar işlab çiqarişni közlamoqda. Bu haqda AQŞ davlat kotibi Maykl Pompeo ma'lum qildi.
"Bugun prezident Tramp şarofati bilan NATO kuçaydi, Ukraina mudofaa qurollari tizimiga ega, Amerika esa Rossiya tajovuzini töxtatib turiş uçun raketalar yarata oliş maqsadida zararli şartnomadan çiqib ketdi", - dedi Pompeo.
U bundan taşqari, yana bir bor Xitoyni tanqid qildi. Pompeo Pekin hukumatini koronavirus tarqalişining oldini olişda yetarliça çora körmaganlikda aybladi.
"Tramp Xitoyni virusni yaşirganligi, ölim va Amerika hamda butun dunyoda iqtisodiy buzğunçilik tarqatgani uçun javobgarlikka tortdi. U adolat ğalaba qozonmaguniça töxtamaydi", - dedi AQŞ davlat kotibi.
Uning sözlariga köra, Vaşington "Amerikadagi özini diplomatlar deb körsatadigan Xitoy kommunistik partiyasining josuslari qamoqqa taşlanişi yoki öz mamlakatlariga jönatib yuborilişiga" erişadi.









