Joriy yil Andijonda OTMlarga kiriş sinovlari «Barkamol avlod» sport majmuasi öyingohi va unga yaqin oçiq sport inşootlarida ötkazilişi rejalaştirilgan. 25 avgust kuni imtihonlar oldidan tayyorgarlik maşğulotlari bölib ötdi.


Öyingohda bir smenada 4 050, bir kunda 8 100 nafar abituriyent test sinovi topşirişiga möljallangan.
Viloyatdagi 4ta OTMda öqiş istagini bildirgan 106 697 nafar abituriyent röyxatdan ötkazilib, tanlov körsatkiçi 15,5 tani taşkil etdi.


Ularning 63 410 nafari kunduzgi ta'lim şakliga, 43 887 nafari sirtqi ta'lim şakliga hujjat topşirdi.

«Mazkur stadionlar hududiga va binolarga kiriş-çiqiş joylarida ijtimoiy masofani saqlaş, sanitariya-gigiyenik talablarga rioya etiş, hamda test sinovlari jarayonini töliq videokuzatuvga tuşiriş böyiça barça zaruriy işlar amalga oşirildi. Uşbu sport majmuasida test sinovlari 12 kunda yakunlanadi», – deydi Davlat test markazining Andijon viloyatidagi vakili Nizomiddin Toştemirov.














