O‘zbek jamoatchiligi Akrom Malikni navoiyshunos tadqiqotchi, shuningdek, yozuvchi va shoir sifatida taniydi. U 2016 yil iyul oyida MXX tomonidan qamoqqa olingan, keyinchalik sud tomonidan Jinoyat kodeksining 159-moddasi (“Konstitutsion tuzumga tajovuz”) hamda 244-moddasi (“Jamoat xavfsizligiga tahdid”) bilan ayblanib, 6 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.

Uning Abdulloh Nusrat taxallusi ostida yozgan siyosiy-tanqidiy maqolalari jinoyat sifatida baholangan.

U O‘zbekiston mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan bir guruh mahkumlar qatorida afv etilgan.

Kun.uz tez orada Akrom Malik bilan eksklyuziv suhbatni e'tiboringizga havola etadi.