Adiblar xiyobonida «Katta adabiyot bayrami» haftaligi doirasida «Ilhom» mukofoti respublika tanlovining sovrindorlarini aniqlaş va taqdirlaş marosimi bölib ötgan. Bu haqda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, mazkur tanlov adiblar hayoti hamda ijodini örganiş, ularning asarlarini tarjima qiliş, şu asosda tadqiqotlar ötkaziş, kino va sahna asarlari yaratiş kabi ma'naviy-ma'rifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijalarga erişayotgan yoşlarni izlab topiş va qöllab-quvvatlaş maqsadida OTMda tahsil olayotgan yoki faoliyat yuritayotgan yoşlar örtasida ötkazilgan.

Qayd etilişiça, tanlovda 1-öringa Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti 2-bosqiç magistranti Akrom Malikov munosib topilgan. U «Spark» avtomobili bilan taqdirlangan.

2-öringa Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti jamoasi loyiq körilib, ularga 30 million söm pul mukofoti topşirilgan.

3-örinni Farğona davlat universiteti talabasi Qobiljon Şermatov hamda Qoraqalpoq davlat universiteti tayanç doktoranti Malika Palimbetova qölga kiritgan. Ularning har biriga 15 million sömdan pul mukofotlari taqdim etilgan.

Bundan taşqari, yana olti nafar yoşlarga rağbatlantiruvçi mukofot sifatida qimmatbaho sovğalar berilgan. Şuningdek, tanlov ğoliblariga maxsus diplom va statuetkalar topşirilgan.

Tanlov ğoliblari va sovrindorlariga mukofotlarni Özbekiston Respublikasi prezidenti maslahatçisi A.Abduvohidov hamda boş vazir örinbosari B.Musayev topşirgan.

Ma'lumot uçun, Akrom Malik 2016 yilning iyul oyida MXX tomonidan qamoqqa olingan, Jinoyat kodeksining 159-moddasi (konstitutsion tuzumga tajovuz) hamda 244-moddasi (jamoat xavfsizligiga tahdid) bilan ayblanib, 6 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. U 2020 yil 27 avgust kuni ozodlikka çiqqan. Akrom Malik yoşlar orasida eng kuçli navoiyşunos tadqiqotçilardan biri hisoblanadi.