• Ma'lumot uçun, özbek jamoatçiligi Akrom Malikni navoiyşunos tadqiqotçi, şuningdek, yozuvçi va şoir sifatida taniydi. U 2016 yil iyul oyida MXX tomonidan qamoqqa olingan, keyinçalik sud tomonidan Jinoyat kodeksining 159-moddasi («Konstitutsion tuzumga tajovuz») hamda 244-moddasi («Jamoat xavfsizligiga tahdid») bilan ayblanib, 6 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.

Ötmiş va xatolar

2016 yili muxolifatdagi şaxslar bilan muloqotga kirişib, Abdulloh Nusrat taxallusi bilan bir neça tanqidiy maqolalar yozganman. Mana, berilgan 6 yil jazo muddatining 4 yilini ötkazdik...

Vaqt ötib, qilgan xatolarimni tuşunib yetdim. Kamçiliklarimni anglagaç, prezidentimizga ota-onam va özim bir neça marotaba iltimosnoma kiritdik. Afv xatlari yozdik. Bir qança oçiq murojaatlar bilan çiqdim. Xatolarimni anglab yetganimni bayon qildim. Imkon bölib, muddatidan oldin ozodlikka çiqarsalar, xalqimizga, davlatimizga baholi qudrat xizmat qilişimni aytdim. Mana şu iltimoslarimiz yerda qoldirilmadi. Körsatgan işonçlari uçun muhtaram Şavkat Mirziyoyevga özimning çuqur minnatdorçiligimni bildirmoqçiman.

Menga köp qönğiroqlar böladi. Bu yerda jismoniy va ruhiy bosimlar bölgani haqida söraşadi. Alhamdulillah, hammasi yaxşi. Qamoqdagi muhit özgargan, mahkumlarga munosabat bugun boşqaça. Insoniylik va qonuniylik tamoyillarga asosan munosabatda bölişadi.

Qamoqda yaşaş baribir murakkab. Bu yerda jinoyatçilar bor, turli fe'l-atvorli odamlar bor. Albatta, ularning har birini tilini topiş oson emas...

Kelgusidagi rejalar

Niyatlarim – şaxsiy hayotni öz örniga qöyiş. Ota-ona xizmatida böliş. Oliy ta'limda magistraturani birinçi bosqiçini yakunlaganman, ikkinçi bosqiçdan tiklaş kerak. Qolaversa, Alişer Navoiy bobomizning asarlarini, milliy merosimizni örganiş, şarhlaş, xalqimizga ularni yetkazişni qalbimga tugib qöyganman.

Yoşlik juda katta imkoniyatlar, qiziqqonlik, şijoat davri. Hayotni anglamagan paytda kiçik bir nohaqlikni körsa ham inson yonib ketadi, biroz şoşib munosabatda bölişi mumkin.

adabiyotşunos olim Akrom Malik (Malikov)

Yoşlarga aytmoqçimanki, albatta nohaqlik qarşisida sukut saqlamaslik kerak. Inson unga qarşi turişi zarur. Faqat sodir bölayotgan öşa voqeaning mohiyatiga, zamiriga nazar solişni örganiş juda muhim. Asosiysi, qalbdagi niyatni töğri qiliş kerak.