Rossiyaning “Rosatom” korporatsiyasining YouTube’dagi kanalida dunyodagi eng kuçli bomba - RDS-220 yadro bombasining (Şoh-bomba) portlaşi videosi e'lon qilindi. Kuçi trotil ekvivalentida 50 mln tonnani taşkil qilgan bomba 1961 yilda sobiq ittifoq tomonidan sinalgan. 

“Şoh-bomba” sinovlari haqidagi hujjatli film Rossiya yadro sanoatining 75 yilligi munosabati bilan e'lon qilindi. Videoning ilk 30 daqiqasida bombaning yaratilişi va uning sinovga tayyorlanişi tarixi haqida sözlanadi.

Bombaning uzunligi deyarli 8 metrni, diametri esa 2 metrdan köproqni taşkil qilgan. Uni belgilangan manzilga olib boriş uçun Tu-95V bombardimonçi samolyotidan bir neçta yonilği baklarini hamda bomba bölmalari lyuklarini olib taşlaşga töğri kelgan.

Bomba sinovlari uçun joy sifatida Şimoliy muz okeanida joylaşgan Şimoliy (Severnyy) oroli tanlangan. Bombaning özi esa dengiz sathidan 4 km balandlikda portlatilgan. 

Portlaş vaqtida bombardimonçi samolyot portlaş markazidan 120 km uzoqlikda bölgan bölsa-da, portlaş tölqini unga “yetib olgan”. Buning natijasida samolyot havoda aylanib ketgan, biroq uçuvçi uni önglab, qöndirişga muvaffaq bölgan. 

Portlaş şunçalik kuçli bölganki, uning natijasida 8 km diametrga ega olov şar hosil bölgan. U ming kilometr uzoqlikdan köringan. Portlaşdan hosil bölgan qöziqorinsimon bulut esa 8 ta Everest toği balandligiga – deyarli 68 kmga kötarilgan, Norvegiya va Finlyandiyadagi uylarning oynalari çil-çil bölgan.

Oxir-oqibat “Şoh-bomba” nobop qurolga çiqarilgan, çunki uni qöllaş natijasida faqatgina heç kimga kerakmas çöl-biyobon qolgan bölardi.